https://oz.sputniknews.uz/20240425/ozbekiston-afgon-insonparvarlik-yordam-43606947.html
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Balx viloyati rasmiylari prezident va O‘zbekiston xalqiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi. 25.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-25T16:50+0500
2024-04-25T16:50+0500
2024-04-25T16:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
afg‘oniston
yordam
insonparvarlik yordami
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/19/43606664_0:15:599:352_1920x0_80_0_0_1c61ad5292f0862433f947e29d841f33.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi. Qayd etilishicha, yordam prezidentning topshirig‘iga asosan yetkazilgan.Insonparvarlik yordami tarkibi:Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tashqi ishlar vazining o‘rinbosari Erkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Balx viloyati rasmiylari prezident va O‘zbekiston xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi.“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lini ta’mirlash boshlandiEslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yuklari Hayraton shahriga yetkazilgan edi.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/19/43606664_56:0:543:365_1920x0_80_0_0_6fcd13a0c476a724ac80bee9a431e0d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, afg‘oniston, yordam, insonparvarlik yordami, surxondaryo
jamiyat, o‘zbekiston, afg‘oniston, yordam, insonparvarlik yordami, surxondaryo
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
Balx viloyati rasmiylari prezident va O‘zbekiston xalqiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi. Qayd etilishicha, yordam prezidentning topshirig‘iga asosan yetkazilgan.
Insonparvarlik yordami tarkibi:
10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushonka)
24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha.
Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tashqi ishlar vazining o‘rinbosari Erkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Balx viloyati rasmiylari prezident va O‘zbekiston xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yuklari Hayraton shahriga
yetkazilgan edi.