Jamiyatda tarqoqlik chiqarishga qaratilgan har qanday urinish bostiriladi — Toqayev

© Press slujba prezidenta KazaxstanaPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev vistupil na 33-y sessii Assamblei naroda Kazaxstana
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev vistupil na 33-y sessii Assamblei naroda Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2024
Obuna bo‘lish
Muxolif kuchlar jamiyatda tarqoqlik va murosasizlik keltirib chiqarishga urinmoqda, dedi Toqayev.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Qozoq davlatchiligining muxoliflari mashhur bo‘lish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqatib, o‘zlarining buzg‘unchi kun tartibini tatbiq etishga urinmoqda, dedi Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston xalq assambleyasining 33-sessiyasida.

Millatchilik haqida

Biz xalq sifatida niyat va intilishlarimizda har qachongidan ham birdam bo‘lishimiz, jamiyatda etnik tarqoqlikning har qanday ko‘rinishlariga, murosasizlik muhitini shakllantirishga, fuqarolarni madaniy, til, etnik yoki diniy sabablarga ko‘ra kamsitishga urinishlar va provokatsiyalarga qarshi chiqishimiz kerak.
Biz adolatlilik, inklyuzivlik, pragmatizm tamoyillariga asoslangan va butun xalq farovonligini oshirish uchun mustahkam poydevor qo‘yadigan yangi iqtisodiy modelga o‘tishni boshladik.

Hokimiyat odamlarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘radi, Jamiyatimizni bo‘linishga bo‘lgan har qanday urinishlar, kim tomonidan uyushtirilgan bo‘lmasin, bostiriladi.

Rus tili masalasida

Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, til masalasini muvaffaqiyatli hal etilishi ko‘p jihatdan u yoki bu davlatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini belgilaydi.
Biz tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda ushbu o‘ta nozik sohada strategik vazminlik va bag‘rikenglik ko‘rsatishimiz kerak, ammo bu davlat tilini har tomonlama rivojlantirishga e’tibor kuchayishini istisno etmaydi. Kelajakda u millatlararo muloqot tiliga aylanadi.

Terakt haqida

Yaqinda Moskva viloyatida sodir bo‘lgan qonli terakt qalblarimizda katta og‘riq bilan aks-sado berdi, ko‘plab fuqarolarimiz fojia qurbonlariga hamdardlik bildirdi.

Qozog‘iston xalqaro huquq va insonparvarlik g‘oyalariga doimo sodiq davlat sifatida birinchilardan bo‘lib BMTga a’zo davlatlarni tinch aholiga nisbatan noinsoniy zo‘ravonlik harakatini qoralashga chaqirgan.
“Faqat muloqot va sa’y-harakatlarni birlashtirish orqali insoniyat kuchayib borayotgan betartiblik va vayronagarchilik to‘lqiniga qarshi tura oladi, xalqaro munosabatlardagi tarqoqlik va ishonch inqirozini engib o‘ta oladi”, — dedi Toqayev.
Yangiliklar lentasi
0