https://oz.sputniknews.uz/20240425/eik-statistika-soha-rivojlantirish-43593438.html
YeOII mamlakatlarida statistika sohasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
YeOII mamlakatlarida statistika sohasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish dasturi konsepsiyasini ishlab chiqish muhokama qilindi.
2024-04-25T11:30+0500
2024-04-25T11:30+0500
2024-04-25T11:30+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523355_0:107:3261:1941_1920x0_80_0_0_16552feee02a6bd5b6501f767230014a.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish dasturi konsepsiyasini ko‘rib chiqdi.YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev raisligida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati huzuridagi Statistika bo‘yicha maslahat qo‘mitasining yig‘ilishida statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.Unda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish dasturi konsepsiyasini ishlab chiqish muhokama qilindi.Ushbu sohada strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish va 2030-yilgacha rivojlanishning yo‘l xaritasini shakllantirish maqsadida maslahat qo‘mitasi a’zolari joriy yilning 15-16 may kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan "2030 yilgacha YeOII statistikasini rivojlantirishning strategik vektorlari" xalqaro seminarida fikr va tajriba almashish muhimligini ta’kidladashdi.2023 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy-demografik statistika bo‘yicha Ittifoq davlatlarining vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringi bo‘yicha hisobot tinglandi.Yig‘ilish ishtirokchilari yaqin kelajakda 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun YeOII statistikasini rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlarni tayyorlashda to‘lov balansining “ko‘zgu” statistikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlarni batafsil muhokama qilishga qaror qilishdi.Bundan tashqari, 2025-yilgacha bo‘lgan Strategiyani amalga oshirish yakunlari va 2021-2025 yillarda statistika sohasida YeOII integratsiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240424/evrosiyo-birlashma-format-soha-hamkorlik-43589460.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523355_266:0:2997:2048_1920x0_80_0_0_31773b0e1362d0a417fc280f3c517884.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi statistika integratsiya rivojlantirish dastur konsepsiya
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi statistika integratsiya rivojlantirish dastur konsepsiya
YeOII mamlakatlarida statistika sohasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish dasturi konsepsiyasini ishlab chiqish muhokama qilindi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish dasturi konsepsiyasini
ko‘rib chiqdi. YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev raisligida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati huzuridagi Statistika bo‘yicha maslahat qo‘mitasining yig‘ilishida statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Unda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish dasturi konsepsiyasini ishlab chiqish muhokama qilindi.
“2025 yilda statistika sohasida joriy YeOII integratsiyasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish yakunlanadi. Bugungi kunda a’zo davlatlar bilan kelgusidagi qo‘shma harakatlarimizning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash muhim”, — dedi Glazyev.
Ushbu sohada strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish va 2030-yilgacha rivojlanishning yo‘l xaritasini shakllantirish maqsadida maslahat qo‘mitasi a’zolari joriy yilning 15-16 may kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan "2030 yilgacha YeOII statistikasini rivojlantirishning strategik vektorlari" xalqaro seminarida fikr va tajriba almashish muhimligini ta’kidladashdi.
2023 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy-demografik statistika bo‘yicha Ittifoq davlatlarining vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringi bo‘yicha hisobot tinglandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari yaqin kelajakda 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun YeOII statistikasini rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlarni tayyorlashda to‘lov balansining “ko‘zgu” statistikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlarni batafsil muhokama qilishga qaror qilishdi.
Bundan tashqari, 2025-yilgacha bo‘lgan Strategiyani amalga oshirish yakunlari va 2021-2025 yillarda statistika sohasida YeOII integratsiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ko‘rib chiqildi.