Andijonda ishlab chiqarilgan poyabzallar Afrikaga eksport qilinishi kutilmoqda

© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti pri prezidente RUz.Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik tadbirkorlar BAAda bo‘lib o‘tayotgan yirik ko‘rgazmada ishtirok etishmoqda. Kurgazmada xorijiy davlatlardan insonparvarlik yordamini ko‘rsatish salohiyati namoyish etilmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Dubayda (BAA) 23-25 ​​aprel kunlari gumanitar yordam va rivojlanishga bag‘ishlangan "Dihad Dubai 2024" ko‘rgazma va konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Milliy ijtimoiy himoya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, keng ko‘lamli tadbir nodavlat notijorat tashkilotlari, BMT tuzilmalari, ijtimoiy sohadagi xalqaro tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalar, gumanitar yordam mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarni birlashtirgan. Ular gumanitar va ijtimoiy sohada yangi g‘oyalar va tajribalar bilan o‘rtoqlashishmoqda.
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti pri prezidente RUz.Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2024
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
Tadbirning asosiy tematik yo‘nalishlari — xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar, sanitariya meyorlari. Ko‘rgazmada 154 mamlakatdan 900 dan ortiq tashkilot 8 pavilonda o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
O‘zbekiston ham insonparvarlik yordami salohiyatini namoyish etdi. Respublika stendida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan insonparvarlik yordami mahsulotlari va ijtimoiy sohaga oid loyihalar jahon hamjamiyatiga taqdim etildi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi jamoaviy stend bilan qatnashdi.
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti pri prezidente RUz.Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2024
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
“Mamlakatimiz charm sanoati korxonalari xorijlik hamkorlarga xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish va salomatlik, favqulodda vaziyatlar va sanitariya meyorlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim va poyabzallar yetkazib bermoqda”, — deyiladi uyushma xabarida.
Tadbir doirasida ishbilarmonlik uchrashuvlari ham o‘tkazildi, unda xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy himoyani rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Masalan, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar "HFH GENERAL TRADING L.L.C." bosh direktori Ramin Habibi bilan muzokaralar olib bordi.
BAAlik kompaniya vakillari O‘zbekiston charm sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqish bildirishdi.
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti pri prezidente RUz.Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2024
Potensial gumanitarnoy pomoshi Uzbekistana bil prodemonstrirovan na vistavke "Dubayskaya mejdunarodnaya gumanitarnaya pomosh i razvitie"
Qayd etilishicha, xorijiy hamkorlar mahalliy maxsus poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda ish olib borish, kelgusida respublika korxonalari mahsulotlarini Afrika mamlakatlariga eksport qilish istagini bildirgan.
“Dastlabki bosqichda bunday hamkorlikni Andijon viloyatidagi "Classica Shoes International" mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deya aniqlik kiritdi assotsiatsiya.
“O‘zcharmsanoat” ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda xalqaro gumanitar yordam va rivojlanish sohasida mahalliy zavodlar xorijiy yondashuvlardan foydalangan holda sohaga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Shuningdek, Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazma doirasida Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi "Dubay alohida ehtiyoji bo‘lgan shaxslar uchun maxsus markazi" (Dubai Center for Special Needs )ga tashrif buyurdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar alohida ehtiyoji mavjud bolalar uchun ta’lim va reabilitatsiya xizmatlari sifatini oshirish maqsadida hamkorlikni faol rivojlantirishga kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0