Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Moldova vakillari ishtirokida davra suhbati – video

Obuna bo‘lish
"Rossiya segodnya" xalqaro multimedia matbuot markazida “Yevrosiyo” xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi notijorat tashkilotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Moskvada YeOII mamlakatlari va Moldova vakillari ishtirokida davra suhbati formatida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davra suhbati shaklida o‘tkazilmoqda. Unda Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachov, Rossiya Davlat dumasi ta’lim qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Yevroosiyo kengashi raisi Alona Arshinova, “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov ishtirok etdi.
Shuningdek, ekspertlar, siyosatshunoslar, olimlar, jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali dotsenti Ravshan Nazarov ham taklif etilgan. Ishtirokchilar milliy iqtisodiyotning integratsiyasi va barqarorligi, “Xalqaro munosabatlar va milliy suverenitet”, “Yevrosiyo tinchlik tashabbusi” kabi mavzularni ko‘rib chiqishdi.
“Yevroosiyo” notijorat tashkiloti yoshlar, tadbirkorlar, sportchilar, madaniyat, fan va ta’lim arboblarini, shuningdek, postsovet hududidagi mamlakatlarni birlashtiruvchi boshqa soha vakillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0