https://oz.sputniknews.uz/20240423/toshkent-ekaterinburg-hamkorlik-43560840.html
Toshkent va Yekaterinburg o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent va Yekaterinburg o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimi Yekaterinburg shahri rahbari Aleksey Orlov bilan uchrashdi.
2024-04-23T09:15+0500
2024-04-23T09:15+0500
2024-04-23T09:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
rossiya
toshkent
hamkorlik
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
shavkat umurzoqov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/17/43560509_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3aaa4754cc3ed5af762b372614ce8c6f.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Toshkent va Yekaterinburg shaharlari o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt xokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri rahbari Aleksey Orlov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.Umurzakov ikki tomonlama samarali hamkorlik yo‘lida muhokamaga tayyorligini ma’lum qildi.O‘z navbatida, Orlov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” 4-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish barobarida, Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurganidan mamnunligini bildirib, ushbu tashrif katta imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonch bildirdi.Qayd etilishicha, ayni paytda Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun inklyuziv muhit yaratish, xavfsiz va aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirish, qurilish va boshqa qator yo‘nalishlarda yirik loyihalar mavjud. Bu borada o‘zaro manfaatli sheriklik imkoniyatlari keng.Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni davom ettirish orqali, o‘zaro istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashga kelishib olishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/17/43560509_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2374887ff01ac9dd204e37fa64d94869.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent shahar hokimi yekaterinburg shahri rahbari aleksey orlov
toshkent shahar hokimi yekaterinburg shahri rahbari aleksey orlov
Toshkent va Yekaterinburg o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent shahar hokimi Yekaterinburg shahri rahbari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Toshkent va Yekaterinburg shaharlari o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt xokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri rahbari Aleksey Orlov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Umurzakov ikki tomonlama samarali hamkorlik yo‘lida muhokamaga tayyorligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Orlov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” 4-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish barobarida, Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurganidan mamnunligini bildirib, ushbu tashrif katta imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonch bildirdi.
“U Yekaterinburg shahrining logistika, og‘ir va yengil sanoat, axborot texnologiyalari, tibbiyot va qator boshqa yo‘nalishlardagi imkoniyatlari haqida batafsil to‘xtaldi hamda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni paytda Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun inklyuziv muhit yaratish, xavfsiz va aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirish, qurilish va boshqa qator yo‘nalishlarda yirik loyihalar mavjud. Bu borada o‘zaro manfaatli sheriklik imkoniyatlari keng.
Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni davom ettirish orqali, o‘zaro istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashga kelishib olishdi.