Toshkent aeroporti uchun "ambulift"lar sotib olindi
© Uzbekistan Airports“Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirild
© Uzbekistan Airports
Obuna bo‘lish
Hozirda poytaxt aeroportida jami to‘rtta shunday ixtisoslashtirilgan mashinalar mavjud.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. “Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
"Uzbekistan Airports" kompaniyasi Toshkent aeroporti uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi "MCity" kompaniyasidan ikkita yangi "ambulift" sotib oldi.
© Uzbekistan Airports“Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirild
“Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirild
© Uzbekistan Airports
“Hozirda poytaxt aeroportida jami to‘rtta shunday ixtisoslashtirilgan mashinalar mavjud”, — deyiladi xabarda.
© Uzbekistan Airports“Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirild
“Toshkent” aeroportidagi maxsus texnika parki yangi "ambulift"lar bilan to‘ldirild
© Uzbekistan Airports
"Uzbekistan Airports" maxsus transport parkini yangilash va modernizatsiya qilish maqsadida quyidagilarni xarid qilmoqda:
ichimlik suvi yetkazib beruvchi yangi mashinalar;
perron avtobuslari;
oqova suvlarni tozalovchi, aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar;
samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari;
samolyot tashuvchi transport;
dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari;
samolyot saloni uchun havo konditsionerlari va boshqalar.
Ma’lumot uchun, ambulift nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarni samolyot bortiga olib chiqish va undan tushirish uchun mo‘ljallangan, eshiklari ikki tomondan ochiladigan to‘liq qoplangan kuzovli maxsus transport vositasidir. Ushbu transport nogironlar aravachasidagi, yotuvchi yo‘lovchilar va ularga hamrohlik qiluvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan.