Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi bugundan mehnat ta’tiliga chiqdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi", — deb yozadi Asadov.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonning taklifiga binoan Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan edi. Unda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 4-dekabrda qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi.
Yangiliklar lentasi
0