https://oz.sputniknews.uz/20240422/rossiya-ozbekiston-strategik-hamkor-davlat-zoir-mirzaev-43542995.html
Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor davlat hisoblanadi — Zoyir Mirzayev
Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor davlat hisoblanadi — Zoyir Mirzayev
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatidan Rossiyaga eksport xajmi 135 million dollarni tashkil etmoqda.
2024-04-22T12:00+0500
2024-04-22T12:00+0500
2024-04-22T14:54+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
toshkent viloyati
zoyir mirzayev
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/16/43547432_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a2d8885f33a6634c6119ad0ee6f182e3.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston uchun eng strategik hamkor davlat hisoblanadi. Bu haqda Toshkent viloyati xokimi Zoyir Mirzayev “Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy e’tibor” yalpi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili tovar ayriboshlash hajmi aynan Toshkent viloyati uchun 640 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning birinchi choragida esa bu ko‘rsatkich hajmi 278 million dollarga chiqmoqda.Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi an’anaviy tadbir nafaqat O‘zbekiston tadbirkorlariga hamda rossiyalik tadbirkorlar uchun ham yangi eshiklarni ochib beradi.Hokimning qayd etishicha, Tatariston respublikasi bilan o‘zaro qardoshlik aloqalari, prezidentlarning topshirig‘iga asosan yo‘lga qo‘yilgan va izchil tarzda birinchi mevalarini bermoqda. Rossiya bozoriga Markaziy Osiyodan import deyarli 12 foizga o‘sdi — Denis ManturovEslatib o‘tamiz, Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240417/innoprom-markaziy-osiyo-korgazmasi-kun-tartibi-43466875.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/16/43547432_95:0:1535:1080_1920x0_80_0_0_15cb726a52bd0555e19c32d888a5a479.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston eng strategik hamkor zoir mirzayev
rossiya o‘zbekiston eng strategik hamkor zoir mirzayev
Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor davlat hisoblanadi — Zoyir Mirzayev
12:00 22.04.2024 (yangilandi: 14:54 22.04.2024) Eksklyuziv
Toshkent viloyatidan Rossiyaga eksport xajmi 135 million dollarni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston uchun eng strategik hamkor davlat hisoblanadi. Bu haqda Toshkent viloyati xokimi Zoyir Mirzayev “Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy e’tibor” yalpi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Bizga yaxshi ma’lumki, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston uchun eng strategik hamkor davlat hisoblanadi. Ular bilan oxirgi yillarda savdo-sanoat sohasida biz yetakchi o‘rinlarga chiqdik. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi 5-yilda Toshkent viloyati bilan Rossiya Federatsiyasi subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda sezilarli natijalarga erishildi”, — deya qayd etdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili tovar ayriboshlash hajmi aynan Toshkent viloyati uchun 640 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning birinchi choragida esa bu ko‘rsatkich hajmi 278 million dollarga chiqmoqda.
“Agar aniq raqamlar to‘g‘risida gapirsam Rossiya Federatsiyasiga eksport 135 million dollarni tashkil etmoqda yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110 foizga o‘sgan”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi an’anaviy tadbir nafaqat O‘zbekiston tadbirkorlariga hamda rossiyalik tadbirkorlar uchun ham yangi eshiklarni ochib beradi.
"Toshkentda Rossiyada eng taniqli kompaniya "Penopleks" va "Bumfa" grup kompaniyalari issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 10 million dollardan investitsiya kiritdi va ularning xar birida 200 tadan ish o‘rni yaratildi. Bizning asosiy maqsadimiz fuqarolarimizga yangi ish joylarini taqdim etish", — dedi u.
Hokimning qayd etishicha, Tatariston respublikasi bilan o‘zaro qardoshlik aloqalari, prezidentlarning topshirig‘iga asosan yo‘lga qo‘yilgan va izchil tarzda birinchi mevalarini bermoqda.
"Texnoparkda qisqa vaqtda 32 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushdi. Hozirda 98 million dollarga teng bo‘lgan 9 ta loyiha ishga tushish arafasida. Shuningdek, qiymati 110 million dollarlik yana 10 ta loyiha ko‘rib chiqilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.