Rossiya bozoriga Markaziy Osiyodan import deyarli 12 foizga o‘sdi — Denis Manturov

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov
Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘tgan yili Rossiya bozoriga Markaziy Osiyodan import deyarli 12% o‘sdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov “Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy e’tibor” yalpi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Asosiy yalpi majlisda so‘zga chiqqan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlashning o‘sishi logistikani rivojlantiradi, qo‘shma loyihalar sonini va milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushini oshiradi.
“O‘tgan yili Markaziy Osiyodan Rossiya bozoriga import deyarli 12 foizga oshdi”, — dedi u.
Manturov, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Biz ishonchli sheriklar bilan birgalikda global zanjirlar yaratishda davom etamiz” degan so‘zlarini eslatib o‘tdi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning qayd etishicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida investitsion loyihalar portfeli allaqachon 20 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
© Sputnik/Zafar XalilovGlavnaya plenarnaya sessiya: "Promishlennaya kooperatsiya v Sentralnoy Azii: regionalniy fokus"
Glavnaya plenarnaya sessiya: Promishlennaya kooperatsiya v Sentralnoy Azii: regionalniy fokus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Glavnaya plenarnaya sessiya: "Promishlennaya kooperatsiya v Sentralnoy Azii: regionalniy fokus"

“Tomonlar bilan o‘zaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirish natijasida asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha qator mexanizmlar yaratildi. Rossiya Federatsiyasidan tovar ayirboshlash izchil o‘sib bormoqda. Bu ko‘rsatkich allaqachon 10 milliard dollariga yetgan hamda investitsiya loyihalari portfeli allaqachon 20 milliard dollardan ortiq” – deydi Jamshid Xodjayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Innoprom ko‘rgazmasi an’anaviy bo‘lib, nafaqat O‘zbekiston-Rossiya korxonalari, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi va undan tashqaridagi hamkorlikdan dalolat beradi.
Bu yilgi ko‘rgazmada 10 mingdan ortiq xorijiy kompaniya va 27 davlatdan ishbilarmon delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Mehmonlarning aksariyati allaqachon O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
22-24 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” da o‘tkaziladigan ko‘rgazma bir qator muhim muammolarni hal qilish, jumladan, eng yangi sanoat texnologiyalarini ilgari surish va korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan.
V Tashkente otkrilas vistavka Innoprom. Sentralnaya Aziya 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2024
“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi: kun tartibidan qanday tadbirlar joy olgan?
Yangiliklar lentasi
0