https://oz.sputniknews.uz/20240422/ozbekiston-novgorod-qurilish-kolleji-filial-43544025.html
O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin
O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Novgorod qurilish kollejini respublikada ochish taklifi o‘zbekistonlik hamkorlardan kelib tushgan.
2024-04-22T12:49+0500
2024-04-22T12:49+0500
2024-04-22T12:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
otm
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_0:129:3103:1874_1920x0_80_0_0_f48e34b6986bd8f2564e145ff4e57553.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin. Bu haqda Novgorod viloyati gubernatori Andrey Nikitin Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy e’tibor” yalpi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Nikitinning so‘zlariga ko‘ra, Novgorod qurilish kollejini respublikada ochish taklifi o‘zbekistonlik hamkorlardan kelib tushgan.Gubernator bu hamkorlikda amalga oshirilayotgan yana bir loyiha bo‘lishiga umid bildirdi.Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Novgorod viloyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan elektron protezlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilgi va bu yilgi ko‘rgazma ishtirokchisi bo‘lgan Rossiya kompaniyasi ekzoskeletlar, vertikalizatorlar va elektron protezlar bilan shug‘ullanadi.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240417/innoprom-markaziy-osiyo-korgazmasi-kun-tartibi-43466875.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_122:0:2853:2048_1920x0_80_0_0_e64eaec3171f4d078d212c9ba6c11b99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston novgorod qurilish kollejining filiali
o‘zbekiston novgorod qurilish kollejining filiali
O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin
12:49 22.04.2024 (yangilandi: 12:50 22.04.2024) Novgorod qurilish kollejini respublikada ochish taklifi o‘zbekistonlik hamkorlardan kelib tushgan.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin. Bu haqda Novgorod viloyati gubernatori Andrey Nikitin Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy e’tibor” yalpi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Nikitinning so‘zlariga ko‘ra, Novgorod qurilish kollejini respublikada ochish taklifi o‘zbekistonlik hamkorlardan kelib tushgan.
“O‘zbekistonlik hamkorlar bizning qurilish kollejining respublikada filialini ochish taklifi bilan murojaat qilishdi, aytishlaricha u Rossiyada eng zo‘ri. Biz bunda ishtirok etishga va pilot mintaqa bo‘lishga tayyormiz”, — dedi Nikitin.
Gubernator bu hamkorlikda amalga oshirilayotgan yana bir loyiha bo‘lishiga umid bildirdi.
Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Novgorod viloyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan elektron protezlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilgi va bu yilgi ko‘rgazma ishtirokchisi bo‘lgan Rossiya kompaniyasi ekzoskeletlar, vertikalizatorlar va elektron protezlar bilan shug‘ullanadi.
“Mazkur korxona o‘zbekistonlik hamkorlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etdi va bugungi kunda ushbu mahsulotlarning bir qismi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda", — deydi gubernator.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.