https://oz.sputniknews.uz/20240422/namangan-63-xalqaro-gullar-festival-43538455.html
Namangan navbatdagi “Gullar festivali”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Namangan navbatdagi “Gullar festivali”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyati hokimi festivalga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
2024-04-22T09:39+0500
2024-04-22T09:39+0500
2024-04-22T11:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
namangan viloyati
xalqaro gullar festivali
hokim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/16/43537839_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8c60fae9b56f630cedb4af2a902bc029.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali” bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 63- xalqaro “Gullar festivali”ga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.Qayd etilishicha, "Tinchlik xiyoboni"da tashkil etiladigan ko‘rgazma hamda dekoratsiyalar, ekiladigan yangi gul turlari, shuningdek, festival uchun tayyorlanadigan esdalik sovg‘alari namunalari ko‘rib chiqildi.Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatdagi yirik korxona, tashkilot hamda muassasalar, shahar va tumanlar uchun ajratilgan yer maydonlarida dekoratsiyalar loyihasi barpo etilgan.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘tkazilgan festivalda jami 3000 turga yaqin 36 mln tup gullar ekilgan. Ular orasida chuchmoma, safsar, chinnigul, atirgul, momaqaymoq, xina gullari va boshqa gullar bor. Festivalga qo‘shni Qirg‘izistondan 5839 nafar, Qozog‘istondan 283 nafar va Tojikistondan 149 nafar sayyoh tashrif buyurgan edi. Shu bilan birga, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Bangladesh, Hindiston va boshqa davlatlardan mehmonlar kelgan.
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/16/43537839_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_dfa2690a3815fc711b529b4e9eaec3de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
namangan viloyati hokimi gullar festivali
namangan viloyati hokimi gullar festivali
Namangan navbatdagi “Gullar festivali”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda
09:39 22.04.2024 (yangilandi: 11:23 22.04.2024) Namangan viloyati hokimi festivalga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali” bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 63- xalqaro “Gullar festivali”ga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, "Tinchlik xiyoboni"da tashkil etiladigan ko‘rgazma hamda dekoratsiyalar, ekiladigan yangi gul turlari, shuningdek, festival uchun tayyorlanadigan esdalik sovg‘alari namunalari ko‘rib chiqildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatdagi yirik korxona, tashkilot hamda muassasalar, shahar va tumanlar uchun ajratilgan yer maydonlarida dekoratsiyalar loyihasi barpo etilgan.
“19 maydan 23-iyuniga qadar Namanganda o‘tadigan an’anaviy xalqaro festival doirasida har bir soha va yo‘nalish mutasaddilari aniq topshiriq va ko‘rsatmalar oldilar”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘tkazilgan festivalda jami 3000 turga yaqin 36 mln tup gullar ekilgan. Ular orasida chuchmoma, safsar, chinnigul, atirgul, momaqaymoq, xina gullari va boshqa gullar bor. Festivalga qo‘shni Qirg‘izistondan 5839 nafar, Qozog‘istondan 283 nafar va Tojikistondan 149 nafar sayyoh tashrif buyurgan edi. Shu bilan birga, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Bangladesh, Hindiston va boshqa davlatlardan
mehmonlar kelgan.