https://oz.sputniknews.uz/20240421/ozbekiston-sport-parij-2024-olimpiya-oyinlari-yollanma-43531443.html
O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi — ular kimlar?
O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi — ular kimlar?
Sputnik O‘zbekiston
Baydarka va kanoechilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilar esa 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi. 21.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-21T13:15+0500
2024-04-21T13:15+0500
2024-04-21T13:15+0500
sport
o‘zbekiston
yaponiya
janubiy koreya
baydarka va kanoeda eshkak eshish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39509878_0:16:1280:736_1920x0_80_0_0_67c9743349df460d2127d7fa9431ca44.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilarning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun qo‘lga kiritayotgan yo‘llanmalari soni ortmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Bugun Tokio shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’aviy litsenzion turnirning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Nilufar Zokirova 200 metr masofaga kechgan poygada oltin medal qo‘lga kiritish barobarida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu Zokirovaning faoiyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi.Baydarkada 1000 metr masofaga kechgan poygada Shaxriyor Mahkamov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Eng asosiysi, ushbu natija bilan u Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘ldi.Janubiy Koreyada o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirining ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturda Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun 33-yo‘llanmani taqdim qildi.Shuningdek, akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev Janubiy Koreya mezbonlik qilayotgan litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yengil vaznli juftlik dasturida Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.Shunday qilib, Yaponiyada baydarka va kanoe, Janubiy Koreyada akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirlari nihoyaisga yetdi. Yakunda baydarka va kanoechilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilar esa 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi.
o‘zbekiston
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39509878_79:0:1073:746_1920x0_80_0_0_10045a34f1540ca289b4cf5d54570989.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, yaponiya, janubiy koreya, baydarka va kanoeda eshkak eshish
sport, o‘zbekiston, yaponiya, janubiy koreya, baydarka va kanoeda eshkak eshish
O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi — ular kimlar?
Baydarka va kanoechilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilar esa 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilarning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun qo‘lga kiritayotgan yo‘llanmalari soni ortmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Bugun Tokio shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’aviy litsenzion turnirning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Nilufar Zokirova 200 metr masofaga kechgan poygada oltin medal qo‘lga kiritish barobarida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu Zokirovaning faoiyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi.
Baydarkada 1000 metr masofaga kechgan poygada Shaxriyor Mahkamov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Eng asosiysi, ushbu natija bilan u Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘ldi.
Janubiy Koreyada o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirining ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturda Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun 33-yo‘llanmani taqdim qildi.
Shuningdek, akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev Janubiy Koreya mezbonlik qilayotgan litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yengil vaznli juftlik dasturida Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Shunday qilib, Yaponiyada baydarka va kanoe, Janubiy Koreyada akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirlari nihoyaisga yetdi. Yakunda baydarka va kanoechilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilar esa 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi.