https://oz.sputniknews.uz/20240421/buxoro-va-tatariston-hamkorlikni-rivojlantiradi-43534321.html
Buxoro va Tatariston hamkorlikni rivojlantiradi
Buxoro va Tatariston hamkorlikni rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
Tatariston Buxoro viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida bo‘lgan sohalar ro‘yxatiga mashinasozlik, neft-kimyo va qishloq xo‘jaligi texnikasi kiradi. 21.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-21T17:01+0500
2024-04-21T17:01+0500
2024-04-21T17:01+0500
iqtisod
o‘zbekiston
buxoro
tatariston
rustam minnixanov
ko‘rgazma
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/15/43534053_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_7ee52d3fda5bcfae49b8274485785499.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Tatariston raisiRustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Buxoroga keldi. Dushanba kuni respublika delegatsiyasi “INNOPROM. Markaziy osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etadi, deya xabar berdi Tatar Inform.“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi: kun tartibidan qanday tadbirlar joy olgan?Rustam Minnixanov “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki obyektlarida bo‘lib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan mazkur sanoat obyektini yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Unga O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov hamrohlik qildi.Uchrashuvda tomonlar bog‘ni xorijda namoyish etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasasini tashkil etish muhimligini ta’kidlashdi. Rustam Minnixonov loyihani ilgari surish uchun qator davlatlarga tashrif buyurish zarurligini ham aytib o‘tdi. Qayd etilishicha, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qurilish bosqichida rezidentlarni jalb qilish muhim.Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus zona ochilishi bilan belgilangan shartlar keyingi 10-yil davomida saqlanib qolishi kerak.O‘zbekiston energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, boshqalar qatori O‘zbekiston Tataristondan ham sheriklarni jalb qilishga tayyor. Mirzamaxmudov, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i doirasida Tatariston bilan hamkorlikda joriy yil oxirigacha maxsus zonani ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan birinchi bazaviy obyektlar foydalanishga topshirilishini qayd etdi.Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, Tatariston rahbari Buxoro viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan bir qancha yo‘nalishlar, jumladan, mashinasozlik, neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarni belgilab bergan.U shuningdek, “respublikamiz sarmoya, innovatsiyalar uchun ochiq va xorijiy kompaniyalar uchun mamlakat bozoriga kirish nuqtasi hisoblanadi”, deya qo‘shimcha qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240328/tatariston-surxondaryo-hamkorlik-43171151.html
o‘zbekiston
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/15/43534053_0:0:1141:855_1920x0_80_0_0_aa0ea2e685571cf877c7fc01a7dce6eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, buxoro, tatariston, rustam minnixanov, ko‘rgazma, innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
iqtisod, o‘zbekiston, buxoro, tatariston, rustam minnixanov, ko‘rgazma, innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
Buxoro va Tatariston hamkorlikni rivojlantiradi
Tatariston Buxoro viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida bo‘lgan sohalar ro‘yxatiga mashinasozlik, neft-kimyo va qishloq xo‘jaligi texnikasi kiradi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Tatariston raisiRustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Buxoroga keldi. Dushanba kuni respublika delegatsiyasi “INNOPROM. Markaziy osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etadi, deya xabar berdi
Tatar Inform. Rustam Minnixanov “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki obyektlarida bo‘lib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan mazkur sanoat obyektini yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Unga O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov hamrohlik qildi.
“Tatariston raislariga 1 ming gektar hududni rivojlantirishning bosh rejasi taqdim etildi. Birinchi bosqichda elektr punktlari, ikkita sanoat obekti, ma’muriy blok, o‘quv markazi, bojxona binosi va yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatish hududi qurish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda tomonlar bog‘ni xorijda namoyish etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasasini tashkil etish muhimligini ta’kidlashdi. Rustam Minnixonov loyihani ilgari surish uchun qator davlatlarga tashrif buyurish zarurligini ham aytib o‘tdi. Qayd etilishicha, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qurilish bosqichida rezidentlarni jalb qilish muhim.
Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus zona ochilishi bilan belgilangan shartlar keyingi 10-yil davomida saqlanib qolishi kerak.
O‘zbekiston energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, boshqalar qatori O‘zbekiston Tataristondan ham sheriklarni jalb qilishga tayyor. Mirzamaxmudov, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i doirasida Tatariston bilan hamkorlikda joriy yil oxirigacha maxsus zonani ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan birinchi bazaviy obyektlar foydalanishga topshirilishini qayd etdi.
Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, Tatariston rahbari Buxoro viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan bir qancha yo‘nalishlar, jumladan, mashinasozlik, neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarni belgilab bergan.
"Buxoro viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirishdan mamnunmiz. Buxoro jahon tarixiy va madaniy marvarididir", — deya ta’kidladi Rustam Minnixanov.
U shuningdek, “respublikamiz sarmoya, innovatsiyalar uchun ochiq va xorijiy kompaniyalar uchun mamlakat bozoriga kirish nuqtasi hisoblanadi”, deya qo‘shimcha qildi.