Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya tanklari zavodda dronga qarshi yangi himoya tizimlari, "Yopinchiq" nomli maskirovka va minorani himoya qiluvchi maxsus to‘rlar bilan jihozlana boshladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya tanklari yangi himoya tizimlari bilan jihozlana boshlandi. Bu haqida mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Omsk viloyatidagi mudofaa korxonalariga bulgan tashrifi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Korxona rahbari mudofaa vaziriga uning topshirig‘iga binoan zirhli texnikalar maxsus operatsiya zonasiga jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda ularning xavfsizligi kuchaytirilgani haqida ma’lum qildi.

Xususan, hozir zavodda ishlab chiqarilayotgan yangi T-80BVM tanklari yig‘ish liniyasida "Nakidka" (yopinchiq) nomli kamuflyaj tizimi, himoya "ayvonchasi" hamda tank bashnyasini qo‘shimcha himoyalovchi maxsus to‘r bilan jihozlanayotgani haqida hisobot berildi.

Mudofaa vaziri zavod rahbariyatiga xuddi shunday himoya vositalarini ayni damda maxsus operatsiya hududida jang qilayotgan tank bo‘linmalariga ham qo‘shimcha ravishda yetkazib berishni tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Shundayn so‘ng Sergey Shoygu maxsus operatsiya hududidga jo‘natishga tayyor bo‘lgan va temir yo‘l platformalariga yuklangan tanklar va boshqa zirhli texnikani ko‘zdan kechirdi, korxona huzuridagi o‘quv-tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi.
Yangiliklar lentasi
0