https://oz.sputniknews.uz/20240419/munosabatlar-tarixida-yangi-sahifa-mirziyoevning-tojikistonga-tashrifi-yakunlandi-43518407.html
Munosabatlar tarixida yangi sahifa: Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi
Munosabatlar tarixida yangi sahifa: Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi. 19.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-19T18:02+0500
2024-04-19T18:02+0500
2024-04-19T18:02+0500
siyosat
o‘zbekiston
tojikiston
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/13/43517206_0:58:1090:671_1920x0_80_0_0_39ed41938b0573c1648d590109203975.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar birgalikda “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturini tomosha qildilar.Bugun Mirziyoyev Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.Davlat rahbarlari O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berdilar hamda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi. Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
https://oz.sputniknews.uz/20240419/ozbekiston-va-tojikiston-prezidentlari-made-in-uzbekistan-korgazmasi-bilan-tanishishdi-43515749.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/13/43517206_60:0:1031:728_1920x0_80_0_0_7220e9aea1a3b26e9511e7d301593952.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, tojikiston, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, tashrif
siyosat, o‘zbekiston, tojikiston, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, tashrif
Munosabatlar tarixida yangi sahifa: Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi
Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Kuni kecha O‘zbekiston rahbari prezident Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar birgalikda “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturini tomosha qildilar.
Bugun Mirziyoyev Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berdilar hamda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi. Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.