Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi yer uchastkalari auksionga chiqariladi

© Sputnik / Aktan TemirkanovAvtomobilnie dorogi Tashkenta
Avtomobilnie dorogi Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevga xususiylashtirish dasturi va uning ijrosi haqida axborot berildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan yer uchastkalari zamonaviy servis va savdo-maishiy obyektlarni qurish uchun auksionga chiqariladi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2024-yilgi xususiylashtirish dasturi va uning ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavlena informatsiya o programme privtizatsii
Predstavlena informatsiya o programme privtizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Predstavlena informatsiya o programme privtizatsii
Qayd etilishicha, davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari va ko‘chmas mulk obyektlari samaradorlik jihatidan tahlil qilinib, yangi dastur ishlab chiqildi.
Xususan, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida ommaviy savdolarga chiqariladigan 250 ga yaqin ulushlar ro‘yxati, davlat ishtirokidagi korxonalarning qariyb mingta ko‘chmas mulk obyekti ro‘yxati, mahalliy fond bozorida aksiyalarning ommaviy taklifi o‘tkaziladigan 12 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi.
Ilgari savdoga qo‘yilgan ayrim inshootlar sotilishida ham muammolar bor. Buni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida qator yengilliklar belgilanmoqda.
Masalan, davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich bahosi 10 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi. 2024-yil 1-yanvargacha auksion orqali ijaraga olganiga kamida 5-yil bo‘lgan va majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarga davlat mulkini baholangan qiymatda sotib olish taklif etiladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) boshlang‘ich qiymati 30 foizigacha, 6 oyda sotilmaganda 10 foizigacha pasaytiriladi. To‘lovlarning 15 foizini 3 oy muddatda, qolgan qismini 10-yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan ko‘chmas mulklarning kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun to‘lovlarni Xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Yangi dastur doirasida, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun hamda xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun savdolarga chiqariladigan yer uchastkalarining ro‘yxatlari shakllantirildi hamda ularni savdoga chiqarish soddalashtirildi.
Bu borada ham yangi tartiblar belgilash taklif etilmoqda.
“Jumladan, master-reja asosida xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan yer uchastkalari zamonaviy servis va savdo-maishiy obyektlarni qurish uchun auksionga chiqariladi. Sotilgan yer uchastkalari xaridorga cheklovlarsiz rasmiylashtirib beriladi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda o‘z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, samarasiz foydalanilayotgan va bo‘sh turgan aktivlarni sotish mahalliy hokimlik va tarmoq rahbarlarining asosiy vazifalaridan bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0