Tojikiston O‘zbekiston uchun asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir — Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Tojikiston O‘zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Yana bir bor ta’kidlayman, Tojikiston O‘zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Birodar o‘zbek va tojik xalqlari ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langan. Bizni umumiy tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar birlashtirib turadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ushbu tashrifning chinakam tarixiy natijasi bo‘lgani qayd etildi.
“Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik. Ushbu muhim hujjat, hech mubolag‘asiz, ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy davrni anglatadi”, — dedi prezident.
Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Oybek-Fotexobod” chegaraoldi erkin savdo zonasi va “Andarxon” savdo-logistika markazini tashkil etish ishlarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat bir-birini to‘ldirib turgan an’anaviy tarmoqlarda yangi o‘sish nuqtalari belgilanib olindi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib chiqarish, to‘qimachilik, farmatsevtika, agrosanoat va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalar shular jumlasidan.
Bunday muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasining salohiyatidan samarali foydalaniladi.
Suv-energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish sohasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.
Hamkorlikning yana bir strategik yo‘nalishi – ikki mamlakat transport-tranzit salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish. Yo‘lovchi va yuklar tashish hajmini oshirish, zamonaviy chegaraoldi va bojxona infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘riladi.
Hududlararo hamkorlik salohiyatini faol ishga solish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar ushbu tarixiy tashrif, uning samarali natijalari va imzolangan muhim hujjatlar ikki mamlakatning jadal taraqqiyotiga xizmat qilishi, birodar O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarining umumiy farovonligini ta’minlashiga ishonch bildirishdi.