O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda
© Press-slujba prezidenta TadjikistanaRukopojatie
© Press-slujba prezidenta Tadjikistana
Obuna bo‘lish
So‘nggi sakkiz yil davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 baravarga oshdi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qator sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarilari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes-forumida ishtirok etdi.Tadbirga Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamraislik qildi.
Forumda, shuningdek, 600 dan ortiq ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining vakillari, vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari va viloyatlar hokimliklari rahbarlari ishtirok etdi.
© Press-slujba MIPT RUz.Uzbeksko-tadjikskiy investitsionniy biznes forum v Dushanbe
1/4
© Press-slujba MIPT RUz.
Uzbeksko-tadjikskiy investitsionniy biznes forum v Dushanbe
© Press-slujba MIPT RUz.Uzbeksko-tadjikskiy investitsionniy biznes-forum v Dushanbe
2/4
© Press-slujba MIPT RUz.
Uzbeksko-tadjikskiy investitsionniy biznes-forum v Dushanbe
© Press-slujba MIPT RUz.
3/4
© Press-slujba MIPT RUz.
© Press-slujba MIPT RUz.
4/4
© Press-slujba MIPT RUz.
1/4
© Press-slujba MIPT RUz.
Uzbeksko-tadjikskiy investitsionniy biznes forum v Dushanbe
2/4
© Press-slujba MIPT RUz.
Uzbeksko-tadjikskiy investitsionniy biznes-forum v Dushanbe
3/4
© Press-slujba MIPT RUz.
4/4
© Press-slujba MIPT RUz.
“Metallurgiya, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, shamol va quyosh elektroyenergetikasini rivojlantirish, gidroyenergetika, mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, agrosanoat va yengil sanoat kabi hamkorlikni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarilari belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollarga yetkazilishi ma’lum qilindi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ma’lum qilishicha, forum yakunlari bo‘yicha bir qator soha hamda yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan hujjatlar to‘plami imzolandi.
So‘nggi sakkiz yil davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 baravarga oshib, 2023-yilda 750 million dollarga yetdi, yil boshidan esa 40 foizga o‘sdi. 2017-yilda ikki davlat hududida atigi 17 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 370 tani tashkil etmoqda.