https://oz.sputniknews.uz/20240417/toshkent-urganch-qurilish-loyiha-43464124.html
Toshkent va Urganchda yangi qurilish loyihalari amalga oshiriladi — tafsilotlar
Toshkent va Urganchda yangi qurilish loyihalari amalga oshiriladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali maydoni yana kengaytiriladi.
2024-04-17T09:24+0500
2024-04-17T09:24+0500
2024-04-17T09:24+0500
siyosat
o‘zbekiston
toshkent xalqaro aeroporti
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/11/43463110_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_da16eb4a3345e76dfe979cff410d0e7b.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uch yillik rekonstruksiya ishlari natijasida jo‘nab ketish terminali maydoni 56 ming kvadrat metrdan 80 ming kvadrat metrgacha kengaydi.Hozirgi kunda aeroportdagi uchib ketish terminali rekonstruksiya qilinmoqda. Bu uch bosqichda amalga oshirilib, ro‘yxatdan o‘tkazish, bojxona va xavfsizlik imkoniyatlari kengaytiriladi. Natijada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming 200 kishidan 2 ming 400 nafarga yetadi.Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilgan. Buning samarasida yuklarga sifatli xizmat ko‘rsatish quvvati 300 tonnaga yetadi.Aytilishicha, Urganchdagi Al-Xorazmiy shaharchasida ko‘p qavatli uylar, maktab va bog‘chalar, sport va madaniyat markazlari, xiyobonlar, texnopark va boshqa majmualar barpo etiladi. Xususan, shaharcha markazida Al-Xorazmiy universiteti quriladi.Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston respublikasi Beruniy tumani markazida Abu Rayhon Beruniy muzey tashkil etish rejalashtirilgan. U ikki qavatli bo‘lib, eng ilg‘or qurilmalar bilan jihozlanishi, interfaol usullar qo‘llanilishi mo‘ljallangan. Muzey oldidagi xiyobonda Beruniyning muazzam haykali o‘rnatiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/11/43463110_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7ecdbaf6781d6e9306c923283090d20d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent xalqaro aeroporti toshkent urganch
toshkent xalqaro aeroporti toshkent urganch
Toshkent va Urganchda yangi qurilish loyihalari amalga oshiriladi — tafsilotlar
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali maydoni yana kengaytiriladi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uch yillik rekonstruksiya ishlari natijasida jo‘nab ketish terminali maydoni 56 ming kvadrat metrdan 80 ming kvadrat metrgacha kengaydi.
Hozirgi kunda aeroportdagi uchib ketish terminali rekonstruksiya qilinmoqda. Bu uch bosqichda amalga oshirilib, ro‘yxatdan o‘tkazish, bojxona va xavfsizlik imkoniyatlari kengaytiriladi. Natijada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming 200 kishidan 2 ming 400 nafarga yetadi.
Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilgan. Buning samarasida yuklarga sifatli xizmat ko‘rsatish quvvati 300 tonnaga yetadi.
Aytilishicha, Urganchdagi Al-Xorazmiy shaharchasida ko‘p qavatli uylar, maktab va bog‘chalar, sport va madaniyat markazlari, xiyobonlar, texnopark va boshqa majmualar barpo etiladi. Xususan, shaharcha markazida Al-Xorazmiy universiteti quriladi.
Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston respublikasi Beruniy tumani markazida Abu Rayhon Beruniy muzey tashkil etish rejalashtirilgan. U ikki qavatli bo‘lib, eng ilg‘or qurilmalar bilan jihozlanishi, interfaol usullar qo‘llanilishi mo‘ljallangan. Muzey oldidagi xiyobonda Beruniyning muazzam haykali o‘rnatiladi.