https://oz.sputniknews.uz/20240417/mirziyoev-tojikiston-tashrif-43469339.html
Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?
Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2024-04-17T14:16+0500
2024-04-17T14:16+0500
2024-04-17T14:16+0500
siyosat
o‘zbekiston
tojikiston
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40832255_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4590850a09a4cee065462e2df24f0f31.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yetakchisi Tojikistonga oxirgi marta o‘tgan yilning sentabr oyida tashrif buyurgan edi. U Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok egan.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40832255_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_639981feb1dcf9e5ede3d5c66188ad39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar mirziyoyev tojikiston tashrif
dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar mirziyoyev tojikiston tashrif
Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?
Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishadi.
“Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yetakchisi Tojikistonga oxirgi marta o‘tgan yilning sentabr oyida tashrif buyurgan edi. U Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok egan.