MDHning yagona havo mudofa tizimi qanday rivojlanadi — Qo‘mita majlisi
© Internet Portal SNGV Dushanbe sostoyalos 58-e zasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po voprosam protivovozdushnoy oboroni SNG
Obuna bo‘lish
MDH harbiylari TOjikistonda hududiy qo‘shma havo himoyasini mustahkamlash va zamonaviy qurollarga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Dushanbeda MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa tizimining Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining 58-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Hamdo‘stlikning yagona havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilindi.
Majlisda so‘zga chiqqan MDH Ijroiya qo‘mitasi Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik departamenti direktori Yevgeniy Klemez ilmiy-texnik rivojlanish darajasi havo mudofaa tizimida zamonaviy kurash vositalarini ishlab chiqish zarurligi haqida aytib o‘tdi.
"Qo‘shinlar guruhlarini qo‘llashning mavjud shakllari va harakat usullarini ishlab chiqish bugungi kunda MDHning yagona havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan hal qilinadigan vazifalar ro‘yxatini kengaytirish zarurligini belgilaydi. Bu esa uchuvchisiz samolyotlarga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Gap nafaqat havo mudofaasi va elektron urush tizimlari, balki dronlar o‘rtasidagi havo janglari ssenariylari haqida ham ketmoqda", - deydi Yevgeniy Klemez.
O‘z navbatida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili MDHda qo‘shma hududiy havo mudofaa zonalari muvaffaqiyatli yaratilayotganini aytib o‘tdi.
“Mamlakatlarimiz qurolli kuchlarida MDH Birlashgan havo mudofaa tizimini aerokosmik mudofaa muammolarini hal qilishga moslashtirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish davom etmoqda. Birlashgan hududiy havo mudofaa tizimlari yaratish yo‘nalishida birgalikda katta ishlar amalga oshirildi”, — dedi Rossiya Havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Yuriy Grexov.
Shuningdek, havo mudofaa qo‘shinlarining birgalikda jangovar navbatchilik olib borish masalasi ham reja asosida hal qilinmoqda, deb qo‘shimcha qildi Grexov.
Uchrashuvda harbiy-texnik hamkorlik, jangovar va operativ tayyorgarlik bo‘yicha tajriba almashish masalalari ham muhokama qilindi.
17 aprel kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita ishida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
© Internet Portal SNGV Dushanbe sostoyalos 58-e zasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po voprosam protivovozdushnoy oboroni SNG
V Dushanbe sostoyalos 58-e zasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po voprosam protivovozdushnoy oboroni SNG