Tog‘li hududlarda sel xavfi saqlanib qoladi — O‘zgidromet

© Sputnik / Valeriy ShustovVesna v okrestnostax Samarkanda.
Vesna v okrestnostax Samarkanda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 16-17 aprel kunlari tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari va qor ko‘chkisi xavfi saqlanib qolinadi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 16-17 aprel kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda (2000 m dan yuqori) 16-22 aprel kunlari qor ko‘chishi xavfi bor, deb ogohlantirmoqda O‘zgidromet.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +17-19° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +17-22° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
18-20 aprel kunlari respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi +10-15°, kunduzi +23-31° daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda +13-18° bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0