Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya havo mudofaasi bir kunda Ukrainaning 155 ta uchuvchisiz apparatini urib tushirdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishBPLA Orlan-30 po razvedke i obnarujeniyu protivnika
BPLA Orlan-30 po razvedke i obnarujeniyu protivnika  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya havo mudofaasi bir kunda Ukrainaning 155 ta uchuvchisiz samolyoti va 8 ta raketasini urib tushirdi - Rossiya Mudofaa vazirligi
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Oxirgi 24 soat ichida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 155 ta uchuvchisiz apparatlari va oltita qanotli raketasini, ikkita radarga qarshi raketasini urib tushirdi, deb xabar qildi seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 155 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan oltita “Storm Shadow” qanotli raketalarini, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HARM radarga qarshi raketalarini, AQShda ishlab chiqarilgan to‘rtta MALD soxta havo nishonini, shuningdek, HIMARS va "Uragan" raketalarini urib tushirdi”, - deyiladi xabarda.

Hammasi bo‘lib, maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning 583 ta harbiy samolyoti, 270 ta vertoloti, 21 292 ta uchuvchisiz uchish apparati, 502 ta zenit-raketa tizimi, 15 793 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 1267 ta ko‘p raketali jangovar texnikasi, 8928ta artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 21 063 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0