"Krokus"dagi terakt tashkilotchilari qayerda bo‘lmasin, munosib jazoga tortiladi — Patrushev

© Sputnik / Aram Nersesan / Mediabankka o‘tishNikolay Patrushev, arxivnoe foto
Nikolay Patrushev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Obuna bo‘lish
Krokusdagi terakt ijrochilari Ukraina millatchilari bilan aloqador — Patrushev.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Moskvadagi "Krokus Siti Xoll"da 22-mart kuni sodir etilgan mudhish teraktning barcha tashkilotchilari, ularning sheriklari va ular bilan aloqador boshqa shaxslar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, munosib jazoga tortiladi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

“Ushbu dahshatli qonli teraktning aybdorlari, sheriklari, tashkilotchilari, boshqa aloqador shaxslar qayerda yashiringan bo‘lishidan qat’i nazar, jinoyat izlarini qanday chalg‘itishga urinmasin, munosib jazoga tortiladi”, — dedi Patrushev Arxangelskdagi xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilishda.

Patrushevning ma’lum qilishicha, "Krokus"dagi terakt ijrochilari Ukraina millatchilari bilan aloqador.

“Tekshiruv davomida ushbu teraktning bevosita ijrochilari va ukrainalik millatchilar o‘rtasidagi aloqalar tasdiqlandi va protsessual jihatdan aniqlandi”, - dedi Patrushev.

Bundan oldin ham jurnalistlarning terakt ortida IShID* yoki Ukraina turganmi degan savolga javob berarkan, “Albatta, Ukraina”, degan edi Patrushev. Uning so‘zlariga ko‘ra, terakt ortida Ukraina turganiga oid ko‘plab dalillar bor. Tergov qo‘mitasi hamma narsani tahlil qiladi va o‘z vaqtida aniq ma’lumot beradi.
Krokusdagi terakt

22 mart kuni kechqurun Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida "Piknik" guruhi konserti boshlanishidan oldin qurollangan bir necha erkaklar kirib, tomoshabinlarni o‘qqa tutgan va konsert zalini yoqib yuborgan edi. Terakt oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 144 kishi qurbon bo‘lgan.

Voqeadan bir necha soat o‘tib, teraktning 4 nafar ijrochilari Razan viloyatida Ukraina chegarasiga yaqin joyda hibsga olingan edi. Keyinchalik ularning guvohlik berishicha, ularga Ukraina chegarasidan o‘tish uchun maxsus "tuynuk" tayyorlangan.

G‘arb davlatlari terakt sodir bo‘lgan zamondanoq hujum ortida Ukraina emas, IShID* turganini ta’kidlab kelmoqda. Shuningdek, G‘arb OAVlarida terakt haqida ma’lumot juda kam, va aksariyat hollarda u yerda qurbonlar soni ham ataylab ko‘rsatilmagan.

KengaytirishYig‘ishtirish
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0