https://oz.sputniknews.uz/20240416/fsb-sobiq-sbu-xodimi-mashinasi-ostiga-bomba-ornatgan-shaxsni-hibsga-oldi--video-43449788.html
FSB sobiq SBU xodimi mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni hibsga oldi — video
FSB sobiq SBU xodimi mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni hibsga oldi — video
Sputnik O‘zbekiston
Sobiq SBU xodimi Vasiliy Prozorovning mashinasi Moskvada o‘tgan juma kuni portlatib yuborilgan edi. 16.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-16T15:34+0500
2024-04-16T15:34+0500
2024-04-16T15:47+0500
rossiya
ukraina
fsb
sbu
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/10/43449281_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_cf938e8478cd413db588c0dda8a6a841.jpg
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvada sobiq Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) zobiti Vasiliy Prozorovning mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni qo‘lga oldi.U 1983-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi. 2014-yildan buyon Ukrainada yashab kelgan va SBU tomonidan yollangani ma’lum bo‘ldi. Mart oyida u Rossiyaga keldi, radio boshqariladigan portlovchi qurilmaning tarkibiy qismlarini oldi, uni yig‘di va Prozorovning mashinasini minaladi, ilgari SBU sobiq zobiti yashagan hududda razvedka ishlarini olib bordi.Hujumchi Ukraina maxsus xizmati rahbari Vasiliy Malyukning bevosita buyrug‘i bilan harakat qilganini ta’kidladi.Mazkur holat yuzasidan odam o‘ldirishga suiqasd, portlovchi moddalar yoki portlovchi moslamalarni qonunga xilof ravishda saqlash, tashish yoki moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Bundan tashqari, hibsga olingan shaxs terrorizm va davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin. Jinoyat tashkilotchilari va sheriklari, jumladan, xorijliklar qidiruvga beriladi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Moskvaning Korovinskoe shossesida "Toyota Land Cruiser" yo‘ltanlamas avtomobilining portlashi oqibatida avtomobil egasi SBUning sobiq xodimi Vasiliy Prozorov jabrlangani ma’lum bo‘ldi. Prozorov 2014-yilgacha Zaporojye viloyati SBU bo‘limida ishlagan. 2014-yilda u Kiyevga maxsus xizmatning markaziy idorasiga o‘tib, aksilterrorchilik markazida xizmat qilgan. 2018-yilda u Rossiyaga ko‘chib o‘tdi. So‘nggi yillarda u Kiyevdagi jinoyatlarni tergov qilgan. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Prozorov 2014-yil 2-may kuni Odessadagi voqealarga bag‘ishlangan film tayyorlayotgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Zaderjanie mujchini, podorvavshego avtomobil
Sputnik O‘zbekiston
Zaderjanie mujchini, podorvavshego avtomobil
2024-04-16T15:34+0500
true
PT2M16S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/10/43449281_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_99f3a43d06246276fba15cc7ad50d1c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, fsb, sbu, video
rossiya, ukraina, fsb, sbu, video
FSB sobiq SBU xodimi mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni hibsga oldi — video
15:34 16.04.2024 (yangilandi: 15:47 16.04.2024) Sobiq SBU xodimi Vasiliy Prozorovning mashinasi Moskvada o‘tgan juma kuni portlatib yuborilgan edi.
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvada sobiq Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) zobiti Vasiliy Prozorovning mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni qo‘lga oldi.
U 1983-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi. 2014-yildan buyon Ukrainada yashab kelgan va SBU tomonidan yollangani ma’lum bo‘ldi. Mart oyida u Rossiyaga keldi, radio boshqariladigan portlovchi qurilmaning tarkibiy qismlarini oldi, uni yig‘di va Prozorovning mashinasini minaladi, ilgari SBU sobiq zobiti yashagan hududda razvedka ishlarini olib bordi.
Qo‘lga olingan shaxs aytishiga ko‘ra, SBU ko‘rsatmasi bilan u dastlab Prozorovning ortidan kuzatgan, keyin esa yo‘riqnomaga asosan portlovchi moslama yasab, uning mashinasi ostiga o‘rnatgan.
Hujumchi Ukraina maxsus xizmati rahbari Vasiliy Malyukning bevosita buyrug‘i bilan harakat qilganini ta’kidladi.
Mazkur holat yuzasidan odam o‘ldirishga suiqasd, portlovchi moddalar yoki portlovchi moslamalarni qonunga xilof ravishda saqlash, tashish yoki moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, hibsga olingan shaxs terrorizm va davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin. Jinoyat tashkilotchilari va sheriklari, jumladan, xorijliklar qidiruvga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Moskvaning Korovinskoe shossesida "Toyota Land Cruiser" yo‘ltanlamas avtomobilining portlashi oqibatida avtomobil egasi SBUning sobiq xodimi Vasiliy Prozorov jabrlangani ma’lum bo‘ldi.
Prozorov 2014-yilgacha Zaporojye viloyati SBU bo‘limida ishlagan. 2014-yilda u Kiyevga maxsus xizmatning markaziy idorasiga o‘tib, aksilterrorchilik markazida xizmat qilgan. 2018-yilda u Rossiyaga ko‘chib o‘tdi. So‘nggi yillarda u Kiyevdagi jinoyatlarni tergov qilgan. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Prozorov 2014-yil 2-may kuni Odessadagi voqealarga bag‘ishlangan film tayyorlayotgan edi.