Avtomobil importida soxtalashtirishga barham beriladi — agentlik

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishRost importa kitayskix avtomobiley v Rossiyu
Rost importa kitayskix avtomobiley v Rossiyu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Obuna bo‘lish
Import qilinayotgan avtomobillarning muvofiqligini baholashda soddalashtirilgan Sertifikat orqali aylanib o‘tish holatlariga barham beriladi — agentlik.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Noqonuniy ravishda soddalashtirilgan sertifikat asosida O‘zbekistonga transport vositalarini olib kirishga chek qo‘yildi. Bu haqda AOKAda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma’lum qildi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra:
jismoniy yoki yuridik shaxslar bir yilda bir marotaba o‘z ehtiyojlari maqsadida xorijdan transport vositasi olib kelganda soddalashtirilgan tartibda syertifikat olishi belgilangan.
bittadan ortiq va tijorat maqsadida olib kelinayotgan transport — beligilangan tartibda Transport vositasi turini ma’qullash hujjati olishi kerak.

Ammo "tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilingan bir donadan ortiq bo‘lgan avtotransportga, transport vositasi turini ma’qullash hujjatini rasmiylashtirishdan qochib, jismoniy shaxslar nomidan sertifikatlashtirishga ariza yo‘llangan hamda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish orqali erkin muomalaga chiqarilgan.<...> Bunda belgilangan 14 ta sifat va xavfsizlik talablari baholanmagan", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish 7-yildan beri (2017 yil) amalda. 2024-yilda 26 ta transport vositasining turi ma’qullanib, davlat reyestrida ro‘yxatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0