https://oz.sputniknews.uz/20240415/toshkent-yangi-maqom-marosim-yoshlar-43438619.html
Toshkentga yangi maqom berish marosimi qanday o‘tdi?
Toshkentga yangi maqom berish marosimi qanday o‘tdi?
Sputnik O‘zbekiston
Shahar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining yoshlar poytaxtiga aylandi. Bu haqdagi qaror o‘tgan yili Sochida MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi.
2024-04-15T21:26+0500
2024-04-15T21:26+0500
2024-04-15T21:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
yoshlar
mdh
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/0f/43441255_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_dd0e807a9d63910e05190522e32af5f9.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida “MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasi boshlandi. Tantanali marosimda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qo‘rg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.Toshkent MDHning birinchi yoshlar poytaxti bo‘lishi to‘g‘risida qaror 2023-yil 8-iyun kuni Sochida mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari Kengashining "MDHning yoshlar poytaxti" xalqaro loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishida qabul qilingan.Muhim voqea munosabati bilan Yoshlar ijod saroyida maxsus monument ochildi.Marosim ishtirokchilariga MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ham murojaat yo‘lladi. U o‘z so‘zida ko‘pmillatli Toshkent Hamdo‘stlik shaharlari ichida birinchi bo‘lib MDH Yoshlar poytaxti degan yuksak maqomini olganini alohida ta’kidladi.Poytaxt hokimligiga Toshkent shahriga yangi maqom berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani MDHga a’zo davlatlar Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashi kotibiyati rahbari o‘rinbosari Tatyana Kovaleva topshirdi.2025 yilda Ozarbayjonning Qabala shahri yangi yoshlar poytaxtiga aylanadi, 2026-yilda esa bu maqom Armanistonning Kapan shahriga o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240415/toshkent-mdh-yoshlar-poytaxti-43432481.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/0f/43441255_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_c1dcf3ebd75e524d80a321321223bcb3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mustaqil davlatlar hamdo‘stligi yoshlar poytaxti
mustaqil davlatlar hamdo‘stligi yoshlar poytaxti
Toshkentga yangi maqom berish marosimi qanday o‘tdi?
Eksklyuziv
Shahar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining yoshlar poytaxtiga aylandi. Bu haqdagi qaror o‘tgan yili Sochida MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida “MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasi boshlandi. Tantanali marosimda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qo‘rg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Toshkent MDHning birinchi yoshlar poytaxti bo‘lishi to‘g‘risida qaror 2023-yil 8-iyun kuni Sochida mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari Kengashining "MDHning yoshlar poytaxti" xalqaro loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishida qabul qilingan.
Muhim voqea munosabati bilan Yoshlar ijod saroyida maxsus monument ochildi.
“Quvonarlisi, ular bundan 5-yil avval “Yoshlar poytaxti” g‘oyasini ilgari surgan edi. Bugun esa Toshkentda biz MDHning birinchi yoshlar poytaxti ishini ifodalovchi monumentni ochmoqdamiz. Bu quyoshli Toshkentda bo‘layotganidan juda xursandmiz”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Yoshlar ishlari bo‘yicha Federal agentligi rahbari o‘rinbosari Denis Ashirov.
Marosim ishtirokchilariga MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ham murojaat yo‘lladi. U o‘z so‘zida ko‘pmillatli Toshkent Hamdo‘stlik shaharlari ichida birinchi bo‘lib MDH Yoshlar poytaxti degan yuksak maqomini olganini alohida ta’kidladi.
“Bugun biz imkoniyatlar va yangi ufqlar eshiklarini ochmoqdamiz. Bu loyiha ilhom, almashinuv va hamkorlik maydoniga aylansin”, — deya qo‘shimcha qildi Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova.
Poytaxt hokimligiga Toshkent shahriga yangi maqom berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani MDHga a’zo davlatlar Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashi kotibiyati rahbari o‘rinbosari Tatyana Kovaleva topshirdi.
2025 yilda Ozarbayjonning Qabala shahri yangi yoshlar poytaxtiga aylanadi, 2026-yilda esa bu maqom Armanistonning Kapan shahriga o‘tadi.