Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Tadjikistan
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Obuna bo‘lish
Tojikiston TIV: O‘zbekiston rahbari Dushanbega 18-aprel kuni keladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik Tojikistonga mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari Dushanbega 18-aprel kuni keladi.
“Mirziyoyev Tojikistonda ikki kun bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritdi vazirlik.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy forum, mahsulotlar va tovarlar ko‘rgazmasi, shuningdek, “O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik kechasi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yetakchisi Tojikistonga oxirgi marta o‘tgan yilning sentabr oyida tashrif buyurgan edi. U Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok egan.
Yangiliklar lentasi
0