O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV

© Sputnik/Abdubakir YunusovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Obuna bo‘lish
TIV: O‘zbekiston tomoni mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, 14-aprel kuni Eron Isroilga raketa va dronlar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Harbiy nishonlarga, xususan, Negev cho‘lidagi aviabazaga hujum qilindi. Umuman olganda, Isroilga 185 ta dron, 36 ta qanotli raketa va 110 ta “yer-yer” ballistik raketalari uchirildi.
Eron bu hujum Isroilning yaqinda Damashqdagi konsulligiga uyushtirgan raketa hujumiga javob ekanini ma’lum qildi. Eronning BMTdagi missiyasi BMT Nizomining o‘zini himoya qilish huquqi haqidagi 51-moddasiga ishora qilgan.
Isroil harbiy-havo kuchlari 1-aprel kuni Suriya poytaxti Damashqdagi Eron bosh konsulligi binosiga zarba berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korpusning yetti nafar ofitseri, jumladan, ikki yuqori martabali bosh maslahatchi halok bo‘lgan. Tehron javob berish huquqiga ega ekanligini bildirdi.
Postoyanniy predstavitel Rossiyskoy Federatsii pri Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy Vasiliy Nebenzya vistupayet na otkritom zasedanii soveta bezopasnosti OON v Nyu-Yorke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Yangiliklar lentasi
0