Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi

© Sputnik/Zafar XalilovToshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi Kuvaytda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev yig‘ilish yakunlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugun Toshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik/Zafar XalilovToshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Vstrecha ministrov inostrannix del Strategicheskogo dialoga Sentralnaya Aziya – Sovet sotrudnichestva arabskix gosudarstv Zaliva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Toshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Barcha ishtirokchi davlatlarning bugungi vazirlar uchrashuvida yuqori darajada ishtirok etganliklari “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti formatining nufuzi tobora ortib borayotanligidan dalolatdir”, — dedi A’loyev.

Yig‘ilishda Markaziy Osiy va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasida siyosiy, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-logistika, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va keng qamrovli hamkorlikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
“Uchrashuvda 2023-yil 1-iyul kuni Jiddada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari rahbarlarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Sammitda qabul qilingan “Strategik muloqot va hamkorlik bo‘yicha 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi”ni amalga oshirish holati tahlil qilindi va uni to‘laqonli hayotga tadbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ushbu sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashabbuslar, xususan “Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimi”ni qabul qilish taklifi dolzarb va muhim ekanligi alohida qayd etildi.
© Sputnik/Zafar XalilovToshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Vstrecha ministrov inostrannix del Strategicheskogo dialoga Sentralnaya Aziya – Sovet sotrudnichestva arabskix gosudarstv Zaliva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Toshkentda “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar vazirlar yig‘ilishi natijalari 2025-yil Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari” strategik muloqoti ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada tashkillashtirish uchun zamin yaratishini ta’kidlashdi.
Shuningdek, vazirlar dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar, xususan Afg‘oniston, Yaqin Sharqdagi vaziyat, Falastin-Isroil mojarosi va boshqa bir qator mavzular bo‘yicha atroflicha fikr almashishdi.
Tomonlar umumiy qadriyatlar va o‘zaro manfaatlarga asoslangan barqaror va istiqbolli hamkorlikni mustahkamlashda sobitqadam va birdam ekanliklarini tasdiqlashdi.
“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini 2026-yil Kuvaytda o‘tkazishga kelishildi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda Ko‘rfaz arab davlatlaridan quyidagilar ishtirok etdi:
Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi 44-sessiyasi raisi shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy;
Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi;
Bahrayn, Kuvayt, Saudiya Arabistoniva O‘mon tashqi ishlar vazirlari;
Birlashgan Arab Amirliklari prezidentining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, energetika va sanoat vaziri.
Markaziy Osiyo davlatlaridan esa, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri, Qirg‘iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyalar qatnashdi.
Bundan tashqari tadbirga Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri faxriy mehmon sifatida taklif etildi.
Yangiliklar lentasi
0