Badiiy gimnastika: Taxmina Ikromova Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaGimnastka iz Uzbekistana Taxmina Ikromova.
Gimnastka iz Uzbekistana Taxmina Ikromova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bolgariyada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Taxmina Ikromova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
“Hamurtimiz Taxmina Ikromova to‘p bilan mashq dasturida 34.050 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, u bulavadagi mashqda 30.750 ball bilan beshinchi, xalqadagi dasturda esa 33.300 ball bilan oltinchi natijani qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Ispaniyaning Marbelya shahrida bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Taxmina Ikromova 3 ta kumush medalga ega chiqqan edi.
Yangiliklar lentasi
0