O‘zbekistonda ilk marotaba IT’ga bag‘ishlangan teatr festivali o‘tkaziladi

© Ministerstva sifrovix texnologiyVpervie v Uzbekistane proydet teatralniy festival, posvashenniy IT
Vpervie v Uzbekistane proydet teatralniy festival, posvashenniy IT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2024
Obuna bo‘lish
Festivalda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Kipr, Qalmog‘iston Respublikasi (Rossiya) davlatlaridan 60 ga yaqin ijodkorlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ilk marotaba IT’ga bag‘ishlangan teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 25-30 aprel kunlari Madaniyat vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT ta’lim uyushmasi hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamkorligida “XXI asr bolalari” birinchi xalqaro bolalar teatrlari+ IT festivali bo‘lib o‘tadi.
Mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad madaniyat va IT sohalarini birlashtirish, kelajak avlod tarbiyasi va shaxs kamolotida ijodiy salohiyatni rivojlantirishdan iborat.
Festivalda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Kipr, Qalmog‘iston Respublikasi (Rossiya) davlatlaridan 60 ga yaqin ijodkorlar ishtirok etadi.
Dasturdan rasmiy ochilish marosimi, OAV ishtirokida xalqaro matbuot anjumani, IT mavzusiga bag‘ishlangan spektakllar namoyishlari, ijodiy davra suhbatlari, fotosessiyalar o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0