Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskie voyennoslujashie na pozitsiyax bliz Ugledara, Ukraina, v voskresenye, 9-aprelya 2023 goda.
Ukrainskie voyennoslujashie na pozitsiyax bliz Ugledara, Ukraina, v voskresenye, 9-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2024
Obuna bo‘lish
G‘arb yetakchilari o‘z hissalarini yo‘qotmoqchi emas, deydi Kvatkovski.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. G‘arb yetakchilari Ukrainada tinchlik o‘rnatilishini istamaydilar, chunki ular allaqachon Kiyev rejimini qurol va vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashga katta mablag‘ sarflaganlar va endi yo‘qotishlar uchun qandaydir tovon puliga umid qilmoqdalar, dedi Pentagonning sobiq tahlilchisi va AQSh harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi leytenanti Karen Kvatkovski BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
“G‘arb investitsiyalari AQSh va NATO zahiralarini kamaytirdi, shuningdek, Kiyevning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish imkoniyatini ham kamaytirdi. G‘arb yetakchilari qancha pul sarflaganini ko‘rib turibdi va qandaydir tovon puli talab qilmoqda. Ular o‘z hissalarini yo‘qotmoqchi emas, shunday deyish mumkin”, - dedi Kvatkovski.
Rossiyaga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit bermoqda, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, AQSh va NATO mojaroda nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash orqali ham bevosita ishtirok etmoqda. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish muzokaralarga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gorod Kiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2024
"Bu falokat": Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0