https://oz.sputniknews.uz/20240413/ozbekistonning-xorijdagi-ilk-bojxona-vakili-oz-ishini-boshladi-43414288.html
O‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi
O‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi
2024-04-13T15:58+0500
2024-04-13T15:58+0500
2024-04-13T16:00+0500
o‘zbekiston
rossiya
bojxona
bojxona qo‘mitasi
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/704/39/7043907_436:519:2778:1837_1920x0_80_0_0_9f68890eac9d3c6c82bc4462100a01f9.jpg
TOShKENT, 13 apr – Sputnik. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.Xabarga ko‘ra, shu munosabat bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov, O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili etib tayinlangan Zafar Sanginov va Rossiya federal bojxona xizmati rahbari Ruslan Davidov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilishdi. Tahlillarga ko‘ra, 2016-yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda.O‘zbekiston va Rossiya bojxona tizimlarida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgani bojxona xizmatlari o‘rtasida teng sherikchilik aloqalarini ta’minlashga hizmat qilmoqda. Natijada, o‘zaro savdoda tashqi savdo yuklarini uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish zanjirlarini ta’minlashga qaratilgan loyihalar muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda.Ma’lumot uchun, 2022-yilning 2-dekabrida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida ikkala mamlakat bojxona xizmati rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyada bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolagandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/704/39/7043907_762:340:2778:1852_1920x0_80_0_0_ccb4dc3f4c46ae7643261195ed6f8a95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi
o‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi
O‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi
15:58 13.04.2024 (yangilandi: 16:00 13.04.2024) O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakilining Rossiya Federatsiyasida ish boshlashi bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 13 apr – Sputnik. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati
xabar berdi. Xabarga ko‘ra, shu munosabat bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov, O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili etib tayinlangan Zafar Sanginov va Rossiya federal bojxona xizmati rahbari Ruslan Davidov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilishdi. Tahlillarga ko‘ra, 2016-yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston va Rossiya bojxona tizimlarida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgani bojxona xizmatlari o‘rtasida teng sherikchilik aloqalarini ta’minlashga hizmat qilmoqda. Natijada, o‘zaro savdoda tashqi savdo yuklarini uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish zanjirlarini ta’minlashga qaratilgan loyihalar muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakilining Rossiya Federatsiyasida ish boshlashi bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan sabablarni baholash, aniqlash va joyida bartaraf etish imkonini beradi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning 2-dekabrida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida ikkala mamlakat bojxona xizmati rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyada bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolagandi.