Og‘ir atletika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston uchta oltin qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana zavoyevala 3 zolotix i 1 bronzovuyu medali na Kubke mira po tajeloy atletike v Tailande
Sbornaya Uzbekistana zavoyevala 3 zolotix i 1 bronzovuyu medali na Kubke mira po tajeloy atletike v Tailande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tera jamoasi o‘z kolleksiyasini uchta eng yuqori darajadagi medal bilan to‘ldirdi va umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Tailandda og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Barcha sovrinlarni 109 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida erkaklar qo‘lga kiritdi.
Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Akbar Jo‘rayev ushbu vazn toifasida mutlaq chempion bo‘ldi va shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi kolleksiyasini uchta eng yuqori darajadagi medal bilan to‘ldirdi.
Sharofiddin Amriddinov esa siltab ko‘tarishda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Ushbu natija tufayli erkaklar terma jamoasi medallar hisobida KXDR, Xitoy va Armanistondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.
11 aprel kuni Toshkentda dzudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi bahslari start olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 800 nafarga yaqin dzudochi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0