12 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin — O‘zgidromet

© SputnikTashkent
Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2024
Obuna bo‘lish
12-14 aprel kunlari respublikaning ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, tog‘li hududlarda sel, suv toshqini xavfi ham bor.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.
TOShKENT ShAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +19-21°, kechasi +13-15° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9-14°, kunduzi +18-23° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12-17°, kunduzi +20-25° bo‘ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX VA Sirdaryo
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10-15°, kunduzi +17-22° bo‘ladi.
Qashqadaryo VA Surxondaryo
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13-18°, kunduzi +20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN VA FARG‘ONA
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10-15°, kunduzi +20-25° bo‘ladi.
TOG‘LI HUDUDLAR
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi +5-10° iliq, kunduzi +12-17° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0