O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida YTHda jabrlanganlardan xabar oldi

© Posolstvo Resp.Uzbekistan v RossiiPosol B.Asadov posetil grajdan Uzbekistana postradavshix v Samarskoy oblasti
Posol B.Asadov posetil grajdan Uzbekistana postradavshix v Samarskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2024
Obuna bo‘lish
YTHda jabrlangan 18 nafar fuqarolardan 2 nafari og‘ir ahvolda, 14 nafari o‘rtacha og‘ir.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Samara viloyatida yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlar holidan xabar oldi.
YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyatning 4 ta shifoxonasida davolanmoqda, ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ayni damda 18 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha og‘ir, 2 nafarining ahvoli qoniqarli, yana 2 nafarining ahvoli barqaror va og‘ir deb baholanmoqda.
Botirjon Asadov Samara viloyati hukumatiga, ichki ishlar organlari va tibbiy xizmat xodimlariga ko‘rsatilgan yuqori malakali yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 8-aprelga o‘tar kechasi Ural-Muxanovo trassasida Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus ag‘darilib ketgan edi. Avtobus ichida 66 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ikki kishi esa qurbon bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0