Smolensk fojiasi 14-yildan so‘ng ham Polshaga tinchlik bermayapti

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGodovshina aviakatastrofi polskogo Tu-154 pod Smolenskom v 2010 godu
Godovshina aviakatastrofi polskogo Tu-154 pod Smolenskom v 2010 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2024
Obuna bo‘lish
Polshada muxolifat partiya rahbari Kachinskiyni Smolensk fojiasi bo‘yicha poligraf bilan so‘roq qilishmoqchi
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Polshalik advokat Roman Giyertix muxolifatdagi “Qonun va adolat” (PiS) partiyasi yetakchisi Yaroslav Kachinskini "yolg‘on detektori" yordamida so‘roq qilishni talab qilmoqda.
“Smolenskda prezident Lex Kachinskiyni himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan BOR (Davlat himoyasi burosi - tahr.) xodimlarining oilalari nomidan bugun men prokuraturadan Yaroslav Kachinskiyni aka-uka o‘rtasidagi so‘nggi suhbat haqida poligraf orqali so‘roq qilishni so‘rayman. Ishonchim komilki, uning yashiradigan hech narsasi yo‘q”, — deb yozdi Gertix ijtimoiy tarmoqda.

Smolensk fojiasi

Bundan 14-yil oldin, 2010-yilning 10-aprel kuni prezident Lex Kachinskiy (Yaroslav Kachinskiyning akasi) va hukumat a’zolari bo‘lgan Polshaning birinchi raqamli borti Rossiyaning Smolensk shahri yaqinida halokatga uchragan edi. 96 kishi, jumladan, davlat rahbari Lex Kachinskiy va uning rafiqasi, taniqli siyosatchilar va harbiy arboblar halok bo‘lgan edi.
© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNa meste aviakatastrofi pod Smolenskom. Den tretiy
Na meste aviakatastrofi pod Smolenskom. Den tretiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2024
Na meste aviakatastrofi pod Smolenskom. Den tretiy
Fojiadan bir yil o‘tgach, XAQ (Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi) tergov natijalariga ko‘ra, halokatning bevosita sababi ekipajning tumanli sharoitda muqobil aerodromga chiqmaslik qarori va samolyotlarni tayyorlashdagi kamchiliklar ekanligini e’lon qildi.
Lekin shunga qaramay, Polsha hukumati 2015-yilda ushbu falokatni tekshirish uchun yangi komissiya tuzdi va u yana 8-yil halokatni o‘rganib chiqdi, lekin hech qanday yangi xulosalarga kelmadi.
Lekin shu orada (2019 yilda) sobiq milliy mudofaa vaziri Antoni Macherevich britaniyalik mutaxassislarga tayanib, halokatda Rossiya rasmiylarini aybladi va bortda portlash sodir bo‘lganini da’vo qildi. Bundan tashqari, ushbu komissiyaning oraliq xulosalari asosida Polshada uch nafar rossiyalik aviadispetcherga nisbatan jinoiy ishlar ochildi.
2023 yilning dekabr oyida Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamish Smolenskdagi samolyot halokatini qayta tergov qilish bo‘yicha komissiyani tugatishni buyurgan edi. Polsha rasmiylari falokatda Rossiya aybdor degan nazariyani ham rad etdi.
Chorshanba kuni Milliy prokuratura 2010-yilda Smolensk yaqinida qulagan prezident samolyoti bo‘yicha ishni yopishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu qarorni sharhlar ekan, Rossiya har doim ko‘p odamning umriga zomin bo‘lgan dahshatli avariyani siyosiylashtirishga qarshi bo‘lganini ta’kidladi va ikki davlat munosabatlarida bu sahifa o‘girilishiga umid bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0