Sankt-Peterburg DU bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet
Sankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2024
Obuna bo‘lish
Xalqaro hamkorlik asosida pedagog kadrlar malakasi oshirilmoqda. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikat beriladi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikda “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish kursi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur kursga mahalliy oliy ta’lim muassasalarining 20 nafar “Rus tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilari qabul qilingan bo‘lib, kurs davomida tinglovchilarga QS reytingining Top-1000 ro‘yxatidan o‘rin olgan universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan onlayn mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Kurs yakunida tinglovchilarga ikki tomonlama sertifikat berilishi rejalashtirilgan.
Putin tahsil olgan universitet: Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkentdagi filiali haqida
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2024
Putin tahsil olgan universitetning Toshkent filialiga qanday o‘qishga kirish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0