Rossiya va Xitoy "Global Janub"ni birlashtiradi — Lavrov va Si Szinpin bayonotlari

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID Sergeya Lavrova v Kitay
Vizit glavi MID Sergeya Lavrova v Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy barcha sohalarda o‘zaro va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Xitoy terrorizmga qarshi kurashda Rossiyani qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqida Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Xitoy (...) terrorizmga qarshi kurashda, ijtimoiy xavfsizlik va barqarorlikni saqlashda Rossiyani qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya XXR raisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Xitoy davlat matbuoti.
Bundan tashqari, Si Szinpin Xitoy va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga chaqirdi.
“Xitoy Rossiya bilan ikki tomonlama aloqalarni hamda BRIKS va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama strategik muvofiqlashtirishni mustahkamlashga tayyor”, — dedi u.
Shuningdek, Si Szinpin Rossiya va Xitoy “Global Janub” mamlakatlarini tenglik, ochiqlik, oshkoralik va bag‘rikenglik tamoyillari asosida birlashtirib, global boshqaruv tizimini isloh qilishga hissa qo‘shishiga” umid bildirdi.
O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, avval xabar qilinganidek, Moskva va Pekin yangi strategik vazifalarni amalga oshirishda davom etishini aytdi.

“Biz o‘tgan yillar davomida, birinchi navbatda, sizning rahbarligingizda so‘nggi o‘n yillikda erishgan muvaffaqiyatlarni yuksak qadrlaymiz. Biz bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnunmiz, chunki bu do‘stimizning muvaffaqiyati. Ammo dunyoda hamma ham shunday munosabatda emas. Kimlardir Xitoy taraqqiyotini har tomonlama to‘xtatishga harakat qilmoqda, xuddi Rossiyaning rivojlanishini to‘xtatishga urinish kabi”, — deya ta’kidladi Lavrov.

Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75-yilligi munosib nishonlanishiga ishonch bildirdi.

Lavrovning Xitoyga tashrifidan boshqa muhim bayonotlar:

RF va Xitoy o‘rtasida️ BMT, G20 va Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi kabi boshqa platformalardagi hamkorlik kuchayib bormoqda, barcha sohalarda yaqin, foydali, samarali aloqalar o‘rnatilgan.
R️ossiya va Xitoyning G‘azo sektori atrofidagi mojaroni hal qilish masalasida pozitsiyalar bir xil.
️Bir tomonlama sanksiyalarning noqonuniy siyosati natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar BRIKS va ShHT orqali hal qilinadi.
️G‘arb o‘zi yaratgan va butun dunyoga taklif qilgan global moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning ishlash tizimi ishonchsiz ekanligini isbotladi.
️Ko‘pgina davlatlararo tashkilotlarning rahbarlari G‘arbga bo‘ysunmoqda. Bu vaziyatni tuzatish kerak.
NATO Osiyo-Tinch okeani hududiga "qo‘l cho‘zmasligi" kerak.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Xitoyga tashrifi 8-9 aprel kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Sergey Lavrov dastlab xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Undan so‘ng esa XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0