Hayit kuni Toshkentda avtobus va metro bepul bo‘ladi

© SputnikTashkentskiy metropoliten
Tashkentskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2024
Obuna bo‘lish
ramazon hayiti kunida Toshkentda xavfsizlik maqsadida yuk avtomobillari harakati cheklanadi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Ramazon hayiti kuni Toshkentda metro va yo‘nalishli avtobuslar bepul bo‘ladi. Bu haqida Toshshahartexxizmat va Toshkent metropoliteni xabar qildi.
"Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida, 10-aprel Ramazon hayiti kuni poytaxt jamoat transporti (avtobus va metropoliten) soat 04:00 dan 10:00 gacha. Aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Undan tashqari Toshkent shahriga yuk avtomobillari kirishi ham vaqtincha cheklanadi.
“Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahrida xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni soat 17:00 dan 10-aprel soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi”, - deyiladi IIBB xabarida.
Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, bayram kunlarida Toshkent avtobuslari yakshanga jadvali asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0