Orenburg viloyatida suv toshqini xavfli darajaga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Sergey Nikiforov / Mediabankka o‘tishObstanovka v Orske posle proriva dambi
Obstanovka v Orske posle proriva dambi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2024
Obuna bo‘lish
Ural darosida to‘g‘on buzilganidan so‘ng Orenburg shahrida suv sathi tez ko‘tarilmoqda. Xavfli darajagacha bir necha santimetr qolgan.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Orenburgdagi Ural darosidagi suv sathi bir sutkada 872 santimetrga yetdi, deb xabar berdi RIA Novosti shahar ma’muriyatiga asosan.

"Ural darosidagi suv sathi kuniga 16 santimetrga oshdi. Orenburg gidrometeorologiya markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 8-aprel kuni ertalab soat sakkizda Orenburg yaqinidagi Ural darosida suv sathi 872 santimetrga yetgan.<...> 930 santimetr — xavfli daraja hisoblanadi.", — deyiladi xabarda.

"Rosgidromet" rahbari Igor Shumakov aytishiga ko‘ra, 8-9 aprel kunlari Orenburgda sev xavfli darajaga yetadi va undan oshishi ham mumkin.
"Orenburgning ba’zi hududlari, Janubiy Ural, Kuznechniy, Sensovka, Vesenniy, Serovskiy, Forshtadt, Zauralnaya Rosha, Ovchinniy Gorodok, Dubki, Nejinka qishlog‘i, shuningdek, Ural darosi tekisligidagi dachalar, Krasnoxolm qoshlog‘i, Stepanovskiy va Gorniy fermalari suv bosgan hududda bo‘ladi, dedi Shumakov.
Ayni damda Orenburgda 2 mingdan ortiq shaxsiy tomorqa va 1,5 mingdan ortiq xonadon suv ostida qoldi.
“Ural va Sakmara tekisliklarida joylashgan ko‘plab hududlarda vaziyat o‘ta og‘ir. Hozirda 2015 ta tomorqa va 1535 ta xonadon suv ostida qolmoqda – bir kunda ularning soni mos ravishda 231 va 188 taga ko‘paygan”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning fikricha, suv toshqini cho‘qqisi 10-aprelga to‘g‘ri keladi.
Ushbu suv toshqini juma kuni Orenburg viloyatining Orsk shahrida Ural darosidagi to‘g‘on buzilganidan so‘ng boshlandi.
© RIA NovostiGorod Orsk, chastichno podtoplenniy posle proriva dambi
Gorod Orsk, chastichno podtoplenniy posle proriva dambi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2024
Gorod Orsk, chastichno podtoplenniy posle proriva dambi

Orenburg viloyatida suv toshqini

Juma kuni Orskdagi Ural darosidagi to‘g‘on buzildi, shaharning bir qismi suv toshqini zonasida qoldi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda holat gidrotexnika inshootini saqlash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilmagan choralar tufayli yuzaga kelgan. Tergov qo‘mitasi tomonidan “Qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish” va "Sovuqqonlik bilan qarash" moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Orenburgda ham vaziyat yomonlashmoqda, rasmiylar allaqachon kamida 428 kishini evakuatsiya qilgan. Shahar meri Sergey Salmin suv bosgan hududlar aholisidan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishni, aks holda ular politsiya ishtirokida olib chiqilishini talab qildi.
Hammasi bo‘lib suv toshqini 27 munitsipalitetga zarar yetkazdi, to‘rt mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0