Migratsiya jarayonida o‘zgarishlar kutilmoqda — prezident farmoni
18:00 08.04.2024 (yangilandi: 15:13 26.04.2024)
© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishJiteli Ukraini proxodat polsko-ukrainskuyu granitsu cherez kontrolno-propusknoy punkt Medika
© Sputnik / Alexey Vitvitsky
/ Obuna bo‘lish
Davlat tomonidan mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash va migrantlarning oila a’zolariga yordam berish chora-tadbirlari kuchaytiriladi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda migratsiya sohasida qator o‘zgarishlar kutilmoqda. Bu haqida “Migratsiya jarayonlarini takomillashtirish va mehnat migranglarini qo‘llab quvvatlash haqida prezident farmonida” aytib o‘tilgan.
Migratsiya jarayonlarini takomillashtirish maqsadida:
1.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi – davlat muassasi tashkil qilinadi2.
Vazirlar Mahkamasida tashqi mehnat migratsi bo‘limi tashkil etiladi (4 kishi)3.
BAA, Britaniya, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha va Yaponiyadagi diplomatik vakolatxonalarda mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashe lavozimi joriy etiladiMigrantlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasiga ketayotganlar uchun til, kasb malakasi bo‘yicha imtihon, ishchi viza va yo‘l chiptasi xarajatlari belgilangan miqdorda qoplab beriladi;
Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatiladi;
Britaniya, Germaniya, Turkiya va Saudiya Arabistonida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi;
2024 yilning 1-sentabridan tunu-kun ishlaydigan call-markaz tashkil etiladi. Unga chet eldan bepul qo‘ng‘iroq qilish imkoni ham yaratiladi;
2025 yil 1-iyulga qadar O‘zbekistondan chiqib ketayotgan va kirib kelayotgan mehnat migrantlari elektron ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi;
2024 yil 1-iyundan tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga 12 oy davomida 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi.
Mahalla yettiligi tomonidan xorijdan qaytib kelganlar ro‘yatga olinib “reintegratsiya” moduliga kiritiladi;
2024 yil 1-iyundan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan migrantlar va ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
Ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga “Inson” ijtimoiy xizmat markazlar tomonidan yordam ko‘rsatiladi;
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 2 millionga yaqini xorijiy davlatlarda ishlamoqda. Bu o‘rtacha hisobda, mehnatga olayoqatli aholining 10%ini tashkil qiladi. O‘zbekistonliklar, ishlash maqsadida eng ko‘p Rossiyaga kelmoqda — 1,4 mln. kishi. Ikkinchi o‘rinda — Qozog‘iston - 300 mingga yaqin. qolganlar Janubiy Koreyada (65 ming) va BAA, Turkiya va Yevropa davlatlarida.