"Krokus"dagi teraktda ayblanayotganlar koordinatorning nomini aytdi

Obuna bo‘lish
Terrorchilikda gumonlanayotganlar ularni boshqarib turgan shaxsning ismi va Kiyevda kutgan mukofot haqida aytib berishdi.
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. "Krokus Siti Xoll"ga hujum uyushtirgan terrorchilar ularga yo‘l ko‘rsatib turgan koordinatorning nomini aytishdi.
“Rossiya 1” telekanali xabariga ko‘ra, "Sayfullo" ismli shaxs terrorchilarning har bir qadamini boshqarib turgan. Qayerdan qurol olish, qaysi tomonga harakatlanish va hokazo.

“Sayfullo bizga Ukrainaga, Kiyevga borishimiz kerakligini aytdi. U yerda bizning har birimizga million rubl berishlari kerak edi”, - dedi ulardan biri.

Ukraina chegarasi yaqinida terrorchilar mashinani yoqib, yuborib unga qo‘ng‘iroq qilishlari kerak bo‘lgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, ayni shu damda Ukraina tomonidan chegaraning ikki nuqtasi minalardan tozalanib o‘tish uchun yo‘lak tayyorlangan.

"Krokus"dagi terakt

Moskva viloyati Krasnogorsk shaharchasi yaqinidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida 22-mart kuni otishma va yong‘in sodir bo‘ldi. Terrorchilik hujumi oqibatida 145 kishi halok bo‘ldi.
Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 11 nafar ayblanuvchi hibsga olindi, jumladan, teraktning bevosita ijrochilari 4 nafar Tojikiston fuqarosi ham. Bundan tashqari, 1-aprel kuni Dog‘istonda jinoyatchilarni moliyalashtirish va qurol bilan ta’minlashda ishtirok etgan to‘rt nafar xorijlik qo‘lga olindi.
FSB direktori Aleksandr Bortnikovning aytishiga ko‘ra, hibsga olinganlarning dastlabki ko‘rsatmalari ushbu fojiada Ukrainaning qo‘li borligini tasdiqlagan. Hujumdan so‘ng terrorchilar mukofot pulini olish uchun Kiyevga yo‘l olgan. Rossiya maxsus xizmatlari ushbu terakt ortida AQSh va Buyuk Britaniya ham turibdi deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0