https://oz.sputniknews.uz/20240408/kredit-qarzdorligi-foizlarini-undirish-tartibi-ozgardi--oliy-sud-43342316.html
Kredit qarzi foizlarini undirish tartibi o‘zgardi — Oliy sud
Kredit qarzi foizlarini undirish tartibi o‘zgardi — Oliy sud
Sputnik O‘zbekiston
Yangi tartib 2023-yil 4-sentabrda qabul qilingan prezident qarorda nazarda tutilgan. 08.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-08T16:09+0500
2024-04-08T16:09+0500
2024-04-08T16:49+0500
jamiyat
kredit
bank
sud
iqtisod
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23231578_0:248:2759:1800_1920x0_80_0_0_bd824f823654edc6e4f5f4f75afe1c89.jpg
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. 2024-yilning 1-yanvardan boshlab kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, ushbu kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma’lum qildi.2023 yil 4-sentabrda qabul qilingan prezident qarori asosida Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga kredit qarzdorligiga nisbatan foiz va penyalar hisoblash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit oluvchi tomonidan kreditni qaytarish intizomi buzilganda – shartnoma yoki qonunda ko‘rsatilgan holatlarda – kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirishga haqlidir. Oldingi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit qarzdorligi sud qarori bilan undirilgandan so‘ng ham kredit amalda qaytarilgungacha bo‘lgan davrlar uchun foiz va neustoyka undirish huquqiga ega bo‘lgan. Endilikda qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud qarori bilan undirilgan kredit qarzdorligiga nisbatan kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foizlar, pul majburiyatini bajarmaganlik uchun hisoblanadigan foiz va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.Yangi qonun normasi shu yil 27-fevralda qabul qilingan bo‘lsa-da, u 2024-yil 1-yanvaridan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0a/23231578_15:0:2744:2047_1920x0_80_0_0_1ed83dbe6a986e6a3bbfcf90c0a65cdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kredit, bank, sud, iqtisod, yangi qonun
jamiyat, kredit, bank, sud, iqtisod, yangi qonun
Kredit qarzi foizlarini undirish tartibi o‘zgardi — Oliy sud
16:09 08.04.2024 (yangilandi: 16:49 08.04.2024) Yangi tartib 2023-yil 4-sentabrda qabul qilingan prezident qarorda nazarda tutilgan.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. 2024-yilning 1-yanvardan boshlab kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, ushbu kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma’lum qildi.
2023 yil 4-sentabrda qabul qilingan prezident qarori asosida Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga kredit qarzdorligiga nisbatan foiz va penyalar hisoblash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
Endilikda kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari hamda 734-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek, neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit oluvchi tomonidan kreditni qaytarish intizomi buzilganda – shartnoma yoki qonunda ko‘rsatilgan holatlarda – kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirishga haqlidir.
Oldingi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit qarzdorligi sud qarori bilan undirilgandan so‘ng ham kredit amalda qaytarilgungacha bo‘lgan davrlar uchun foiz va neustoyka undirish huquqiga ega bo‘lgan.
Endilikda qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud qarori bilan undirilgan kredit qarzdorligiga nisbatan kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foizlar, pul majburiyatini bajarmaganlik uchun hisoblanadigan foiz va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
Yangi qonun normasi shu yil 27-fevralda qabul qilingan bo‘lsa-da, u 2024-yil 1-yanvaridan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.