Toqayev O‘zbekistonga keladi — muzokaralar qayerda bo‘lib o‘tadi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite "Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz" vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim.
Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2024
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun, 5-aprel kuni, tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar Xiva shahrida o‘tkaziladi. Ularda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.
O‘zbekiston - Qozog‘siton hamkorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi qanday rivojlanmoqda?
Yangiliklar lentasi
0