"Zubilo" — Rossiyaning yangi haydovchisiz bronemashinasi nimalarga qodir

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum "ARMIYa-2023"
Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum ARMIYa-2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2024
Obuna bo‘lish
Kamaz 4x4 shassisida yaratilgan quruqlik droni frontning eng xavfli uchastkalarida hujumchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangangan.
Milliy xavfsizlikka tahdidlarga javoban Rossiya keng turkum qurollarni robotlashtirishga intilmoqda. Bunga misol qilib, Shimoliy harbiy okrug zonasida jang maydonida avtonom va samarali harakat qila oladigan eng yangi "Zubilo" zirhli broneavtomobilining paydo bo‘lishidir.
Rossiyaning haydovchisiz zirhli transport vositasining jang maydonida paydo bo‘lishi har doim G‘arbda: "NATO Rossiya bosqiniga tayyormi?" Shu bilan birga, Remdizel korxonasining kuchli hujumchi "Zubilo" haydovchisiz broneavtomobili keng qo‘llash imkoniyatlariga bo‘lgan universal sifatida texnologik jihatdan qiziqarli.

Agar razvedka va hujumchi boshqaruvchisiz apparatlar razvedkachilar, artilleriyachilar, tank ekipajlari jangovar faoliyatiga muvofiq qo‘shilgan bo‘lsa - yer ustida harakatlanuvchi haydovchisiz apparatlar hali ham kamdan-kam uchraydi. Biz yagona platformada "Uran" robot turkumidagi zarba beruvchi, minalarni tozalovchi va yong‘inni o‘chiruvchi mashinarlarni eslaymiz.
"Zubilo" esa - seriyali KamAZ shassisida haydovchisiz 4x4 yo‘ltanlamas zirhli transport vositasi bo‘lib, u 10 km masofadan turib operator tomonidan boshqarilishi mumkin.
Uning asosiy quroli - bu 23 mmli tezotar ZU-23-2 zenit quroli. Frontal zirhi uni 30 mmli snaradlardan himoya qilishga qodir. 350 ot kuchiga ega bo‘lgan dizel dvigatel 16 tonnalik avtomobilni 100 km/soatgacha tezlashtirish imkonini beradi. Maksimal jangovar yuk - 3 tonna. Uzunlik / kenglik / balandlik - mos ravishda 7,4 / 2,5 / 2,1 metr.
"Zubilo" quruqlik dronining jangovar maqsadi: hujum guruhlarini yong‘in bilan qo‘llab-quvvatlash, o‘q-dorilar bilan ta’minlash, yaradorlarni evakuatsiya qilish, razvedka dronlari va radiostansiyalar batareyalarini zaradlashdan iborat.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi, Remdizel korxonasining bosh konstruktori Igor Zaraxovich avvalroq Rossiya armiyasi aprel oyida jangovar sharoitlarda haydovchisiz zirhli avtomobilni sinovdan o‘tkazishni boshlashini ma’lum qilgan edi.
"Zubilo"ning ommaviy ishlab chiqarilishi hujum bo‘linmalarining o‘q otish kuchini oshiradi, frontning eng xavfli hududlaridagi janglarda odamlarning ishtirokini minimallashtiradi va yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tezlashtiradi.
Armiya-2023 ko‘rgazmasida birinchi marta taqdim etilgan haydovchisiz BTR "Axmat", "Titan", "Tayfun", "Tornado" va "Vistrel" kabi maxsus kuchlar zirhli mashinalari fonida o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. "Zubil" ning Maxsus operatsiya hududida tezkor paydo bo‘lishi — uning samarali konstruksiya, munosib jangovar xususiyatlar, ishonchlilik va Rossiya armiyasida avtonom zirhli mashinaga bo‘lgan talabni ko‘rsatadi.

Jangovar foydalanish

Remdizel avtonom zirhli mashinasi ko‘rinishidan zubiloga (metallga ishlov beruvchi asbob) o‘xshasa-da, lekin o‘z nomini zarba berish qobiliyati tufayli olgan.
ZSU-23-2 ikkita 23 mmli zenit quroliga ega bo‘lib, u past uchadigan vertolotlar, hujum samolyotlari va dushmanning yerdagi zirhli texnikasini yo‘q qilishga qodir. Jangovar dron Rossiya Mudofaa vazirligi talablariga muvofiq engilroq va manevrli bo‘ldi. Uzoq masofalarga yurish va oldingi qanotlarda "Zubilo" ichidagi haydovchi tomnidan boshqarilishi mumkin. Har qanday boshqaruvchisiz tizimning asosiy elementi odam ekanini unutmaslik kerak.
Jangovar robotlarning sun’iy intellekti inson aqlining algoritmlariga asoslangan bo‘lib, bu barcha jangovar muhitda qurollarni ishlab chiqishda istiqbolli yo‘nalishdir. Kelajakda "aqlli" tanklar, aqlli piyodalar jangovar mashinalari va zirhli transport vositalari bu vazifani oladi va uni jang maydonida mustaqil ravishda hal qiladi.

Shunga o‘xshash loyihalar Isroilda (Karmel) va Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqilmoqda, ammo raqobatchilar Rossiyadan aniq orqada qolmoqda. Majoziy qilib aytganda, bugungi kunda ularda buning uchun imkoniyat cheklangan. Britaniyaning The Spectator jurnali fevral oyida Kiyev rejimiga ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani bois, Rossiya bilan urush bo‘lgan taqdirda NATOning jihozlari yo‘qligini yozgan edi.
Maxsus operatsiya hududida eng yangi qurol "Zubilo" paydo bo‘lganidan keyin G‘arbda xavotir kuchaydi. Mart oyida Rossiya Qurolli kuchlarining kuzatuvchi-hujumchi "Udar" robotlari Avdeyevka yo‘nalishidagi Berdichi qishlog‘i yaqinidagi janglarda payqalgan edi. BMP-3 piyoda askarlarining jangovar avtomobili negizida yaratilgan mashina ekipaj tomonidan yoki masofadan boshqarilishi hamda to‘liq avtonom rejimda ishlashga qodir. Unga shuningdek kichik o‘lchamli uchuvchisiz apparatlari o‘rnatilishi mumkin.
Rossiya mudofaa sanoatining qurol sifatga (yuqori texnologiyalar) qo‘yilgan talabi, uning katta miqdorda ishlab chiqarilishini inkor etmaydi. Bosh vazir Mixail Mishustin 3-aprel kuni shunday dedi: 2023-yilda zirhli qurollar ishlab chiqarish uch barobar, qurol ishlab chiqarish esa yetti barobar oshdi. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya quruqlik robot tizimlarining zarurligini va juda yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Bizning ko‘z o‘ngimizda texnologik takomillashtirish va Rossiya Qurolli Kuchlarining istiqbolli jangovar robotlarini ishga tushirish jadal rivojlanmoqda.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning telegram-kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0