https://oz.sputniknews.uz/20240405/oshdan-ozbekiston-shaharlariga-aviaqatnovlar-yolga-qoyilishi-mumkin-43301926.html
O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
2024-04-05T10:59+0500
2024-04-05T10:59+0500
2024-04-05T11:54+0500
o‘zbekiston
qirg‘iziston
hamkorlik
aviaparvozlar
aviareyslar qatnovi
turizm
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/05/43302030_66:111:966:617_1920x0_80_0_0_1deb93227463c80845aa2cbdd645da5a.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh konsuli Zafarbek Ahmedov "Manas" xalqaro aeroportining O‘sh filiali direktori Timur Madanbekov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.Muloqot avvalida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida turli darajadagi aloqalar, xususan savdo-iqtisodiy, ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik jadal rivoj topayotgani qayd etildi.O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish yoki davolanish maqsadida borayotgan Qirg‘iziston fuqarolarining soni yildan yilga oshayotgani, shuningdek, yozgi mavsumda Qirg‘izistonga dam olish uchun kelayotgan o‘zbekistonliklar ham ko‘paygani ta’kidlandi.Shulardan kelib chiqqan holda qirg‘iz tomoni Toshkent-O‘sh-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.Uchrashuv yakunida ikki mamlakat fuqarolari uchun qator qulayliklarni taqdim etadigan va o‘zaro turistlar almashinuvini oshirishga xizmat qiladigan havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/05/43302030_343:125:998:617_1920x0_80_0_0_75d559fdeb08fd20cd6714b0814684d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘shdan o‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
o‘shdan o‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
10:59 05.04.2024 (yangilandi: 11:54 05.04.2024) Qirg‘iz tomoni Toshkent-O‘sh-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh konsuli Zafarbek Ahmedov "Manas" xalqaro aeroportining O‘sh filiali direktori Timur Madanbekov bilan uchrashdi, deb
xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Muloqot avvalida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida turli darajadagi aloqalar, xususan savdo-iqtisodiy, ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik jadal rivoj topayotgani qayd etildi.
O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish yoki davolanish maqsadida borayotgan Qirg‘iziston fuqarolarining soni yildan yilga oshayotgani, shuningdek, yozgi mavsumda Qirg‘izistonga dam olish uchun kelayotgan o‘zbekistonliklar ham ko‘paygani ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, O‘sh va unga qo‘shni viloyatlarni O‘zbekistonning Toshkent va boshqa tarixiy shaharlari bilan bog‘lovchi qulay transport-logistika tizimining yo‘qligi turizmni yanada rivojlantirishda asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shulardan kelib chiqqan holda qirg‘iz tomoni Toshkent-O‘sh-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat fuqarolari uchun qator qulayliklarni taqdim etadigan va o‘zaro turistlar almashinuvini oshirishga xizmat qiladigan havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.