Transport va texnologiyalar: Toshkentda bir necha ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy va yana qator davlatlar korxonalari Toshkentda o‘zlarining ilg‘or texnologiyalarini namoyish etishmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Shu kunlarda “O‘zekspomarkaz”da bir nechta xalqaro ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda: "UzMetalMashExpo", "UzTechTransExpo", "UzMiningExpo", "UzChemPlastExpo" va "UzSecureExpo" shular jumlasidan.
Ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy, Turkiya, Avstriya, Italiya kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Stendlarda tog‘-kon sanoati, xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish, maxsus texnika va transport sohasidagi innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar namoyish etilmoqda.

Rossiyani tog‘-kon uskunalari, yo‘l materiallari, filtrlash tizimlari va metallni qayta ishlash ishlab chiqaruvchilari namoyish etmoqda.

Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0